Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Institut kursantlari tantanali qasamyod qabul qildilar

  26 iyun kuni Samarkand Davlat tibbiyot institutining xarbiy kafedrasi kursantlarini Vatanga Qasamyod Qabul Qilish tantanali tadbiri bo‘lib o‘tdi.

  Tantanali tadbirda institutimiz raxbariyati, professor-o‘qituvchilar, kursantlarning ota-onalari va mexmonlar qatnashdilar.

  Tadbir O‘zR Davlat bayrog‘i va Mudofaa vazirligi bayrogi kirishitilishi bilan boshlandi, mamlakatimiz Davlat madxiyasi ijro etildi.

  Tadbirni institut rektori Jasur Rizaev ochib berib barcha kursatlar va ularni ota-onalari ushbu qutlug‘ kun bilan tabrikladi. Tantanali ravishda xarbiy kafedra kursantlari - davolash fakultetini to‘rtinchi kurs talabalari kasamyod qildilar. Chiqish qilgan kursantlar va ularni ota-onalari barcha kursantlarni bugungi unutilmas kun bilan tabrikladilar, institut rahbariyatiga oliy tibbiy ta’lim olish hamda xarbiy kafedrada tahsil olish uchun minnatdorchiliklar bildirib o‘tdilar.

  Tantanali tadbirda ishtirok etgan O‘zR Mudofaa vazirligi Markaziy xarbiy okrugini 13060-son xarbiy qism faxriy korovuli, bayroqdor guruhi hamda xarbiy orkestri ijrolari barcha ishtirokchilarga bayram shukuhini bag‘ishladi.



SamDTI matbuot markazi