Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Ishtixon tumanida sogʻlom turmush tarzi bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi

  24 iyun kuni Samarqand davlat tibbiyot instituti bir guruh professor-oʻqituvchilari tomonidan Ishtixon tumanida sog‘lom turmush tarzi asoslari bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi.

  Tadbirni Ishtixon tuman tibbiyot birlashmasi bosh vrachi Olimjon Xoʻjamov boshlab hozirgi kunda tibbiyotni ahamiyati hamda Yangi Oʻzbekiston yangicha qarash davrida tibbiyotni oʻrni, sohaga berilayotgan imkoniyatlar haqida taʼkidladi. Soʻngra Samarqand davlat tibbiyot institutidan 4-son ichki kasalliklar kafedrasi mudiri dotsent, t.f.n M.B.Xoljigitova, bolalar kasalliklari propedevtikasi kafedrasi dotsenti Sh.M.Uralov, 1-son ichki kasalliklar kafedrasi dotsenti X.X.Hamrayev, 2-son Otorinolaringologiya kafedrasi dotsenti I.Ya.Shamatovlar “Meʼyordan ortiq yogʻ mahsulotini isteʼmol qilishning oqibatlari”, soʻngi yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-dekabrdagi “Yuqumli boʻlmagan kasalliklar profilaktikasi, sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash, toʻgʻri ovqatlanish tamoyillarini va jismoniy faollikni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4063-sonli Qarori, 2020-yil 30-oktyabrdagi “Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PF-6099-sonli Farmoni, 2020-yil 10-noyabrdagi “Aholining sogʻlom ovqatlanishini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4887-sonli Qaroridan kelib chiqib amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni ahamiyati toʻgʻrisida soʻzlab berdilar.

  Oʻtkazilgan targʻibot seminaridagi ma’ruzalarda aholining demografik koʻrsatkichlari, yuqumli boʻlmagan kasalliklar profilaktikasi, sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, toʻgʻri ovqatlanish tamoyillari va jismoniy faollikni oshirish masalalari ham muhokama qilindi.

  O‘tkazilgan amaliy seminar qiziqari va muhokamaga boy boʻldi.


SamDTI matbuot xizmati