Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Sogʻlom turmush boʻyicha talabalar bilan uchrashuv

  Samarqand davlat tibbiyot institutini 3-son talabalar turar joyida tibbiy reabilitatsiya, sport tibbiyoti va xalq tabobati kafedrasi xodimlari tomonidan sogʻlom turmush tarzini asoslari boʻyicha talabalar bilan uchrashuv oʻtkazdi.

  Talabalar bilan uchrashuvda kafedra mudiri dots. Z.F. Mavlyanova va oʻqituvchi S.M. Maxmudov sogʻlom turmush tarzini asosiy qoyidalari, ichkilikbozlik va chekishni inson salomatligiga zarari, toʻgʻri ovqatlanish, muntazam jismoniy mashqlar bajarish hamda meʼyorida uxlash zarurati va ularni insonni ruhiy salomatligiga taʼsiri haqida batafsil tushunchalar berdilar.

  Uchrashuvni amaliy qismida kafedra katta oʻqituvchisi S.S. Baratova tomonidan barcha ishtirokchilar uchun “Skandinav yurish” boʻyicha namunali mahorat darsi oʻtkazildi.




SamDTI matbuot xizmati