Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​SamDTI talabalari viloyat xokimi grantlari sohibi

  Samarqand viloyati hokimligi tomonidan viloyatda joylashgan OTMlarda tahsil olayotgan talabalar uchun bir nechta yo’nalishlar bo’yicha grantlar va tanlovlar joriy qilingan. Ularni barchasiga Samarqand davlat tibbiyot instituti talabalari faol ishtirok etib g’olib bo’lishga muvaffaq bo’ldilar.

  Institut magistratura rezidentlaridan Suyarova Zilola va Nizomov Oxunjon Metsenat.uz loyihasi doirasidagi “Xokim stipendiyasi” tanlovida ishtirok etib “Xokim stipendiyasi”ni qo’lga kiritdilar. Ularga kelgusi 6 oy davomida har oyi bir million so’mdan stipendiya berib boriladi.

  Pediatriya fakulteti 6-kurs talabasi Israfilova Sultona “START-UP” loyihada ishtirok etib uchinchi o’ringa loyiq deb topildi va 24 million so’mlik maxsus chek bilan taqdirlandi.

  G’oliblar Samarqan viloyati hokimi Erkinjon Turdimov tomonidan “Yoshlar festivali” doirasida o’tlazilgan “Xokim va yoshlar” uchrashuvida taqdirlandilar.

  G’oliblikni qo’lga kiritgan barcha talaba-magistrantlarimizni tabriklaymiz va yangi omadlar tilaymiz!


SamDTI matbuot xizmati