Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Institut bitiruvchilari uchun OSKI imtihonlarini boshlandi

  Samarqand davlat tibbiyot institutini bitiruvchi kurs talabalari uchun Yakuniy Davlat attestatsiyasi boshlandi. Birinchi bosqichda talabalar 16ta mutaxassislik fanidan OSKI imtihonini topshiradilar. Har bir bitiruvchi talabaga 3 daqiqadan vaqt belgilangan, ular oʻzlarining 6 yil davomida egallagan bilimlarini mutaxassislik fanlaridan topshirishadi.

  YaDA raisi, TTA professori U.B. Berkinov, institutni oʻquv ishlari boʻyicha prorektor N.A. Yarmuxamedova, davolash ishi fakulteti dekani Gʻ.U. Lutfullaev rahbarligidagi maxsus komissiya imtihonlar jarayonlarini kuzatib talablar bilimlarini sinamoqda.

  OSKIda talabada bemordagi turli hollarda tezkor fikrlash, undagi bilim koʻnikmalarini qay darajada ekanini belgilab qolmay, tezkor fikrlashga ham undaydi. Bunday koʻnikmalar esa kelgusida yetuk tibbiyot shifokorlari boʻlib shakllanishlariga poydevor yaratadi.


SamDTI matbuot xizmati