Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha uchrashuv

  Joriy yilni 4 iyun kuni Samarqand davlat tibbiyot institutini Kichik majlislar zalida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha uchrashuv oʻtkazildi. Uchrashuvda institut rektorati vakillari, professor-oʻqituvchilar, guruh murabbiylari, huquq-tartibot organlari vakillari ishtirok etdilar.

  Uchrashuvni institut farmatsiya fakulteti dekani prof. N.M. Shavazi ochib berib kun tartibidagi masalalarni dolzarbligi hamda ahamiyati haqida soʻzlab berdi.

  Chiqish qilingan huquq-tartibot organlari vakillari soʻnggi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari haqida batafsil gapirib berdilar. Xususan, davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan tashkil etilgan Korrupsiya qarshi kurashish agentligi va uning vazifalari, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida jamoatchilik nazoratining oʻrnini muhimligi, institut xodimlari ham bu jarayonlarda faol ishtirok etishlari lozimligiga alohida taʼkidlandi. Uchrashuv davomida korrupsiyaning salbiy oqibatlari haqida tayyorlangan videoroliklar ham namoyish etildi.

  Uchrashuv jonli va samimiy muloqot tariqasida oʻtkazildi.




SamDTI matbuot markazi