Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

“Estetik botulinoterapiyani yangi imkoniyatlari” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi

  2021-yil 2-iyun kuni Samarqand davlat tibbiyot institutida estetik botulinoterapiyani amaliy qoʻllash imkoniyatlari zamonaviy muammolarini muhokama qilish maqsadida “Estetik botulinoterapiyani yangi imkoniyatlari” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi boʻlib oʻtdi. Konferensiyada stomatologlar, otorinolaringologlar, olimlar va estetik tibbiyot mutaxassislari ishtirok etishdi.

  Ochilish marosimida Samarqand davlat tibbiyot instituti rektori Jasur Rizayev, “AestheticsBeauty” MCHJ direktori Gulnora Rasulova, Samarqand davlat tibbiyot instituti dermatologiya va venerologiya kafedrasi mudiri Zohid Ashirov oʻz oʻzlarini qutlovlarini yoʻlladilar.

  Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning asosiy maʼruzachisi, — plastik jarroh, dermatolog, kosmetolog, estetika va sogʻliqni saqlash klinikasining bosh shifokori (Yekaterinburg, Rossiya), APTOS murabbiyi, INMODE AestheticSolutions sertifikatlangan murabbiyi, “NPO Mikrogen” OAJ tibbiy maslahatchisi YegorAndreyevichAbramov birinchi botulotoksinRelatoks® (AO “NPO “Mikrogen”)ni ishlab chiqarishini texnik xususiyatlari va afzalliklari hamda yuz-jagʻni anatomik xususiyatlari va muvaffaqiyatli va xavfsiz usullar orqali tuzatish kabi dolzarb mavzularida ikkita kengaytirilgan maʼruza qildi va sohaga oid eng zamonaviy maʼlumotlarni ishtirokchilarga batafsil tushuntirib berdi.

  Xalqaro forum davomida Relatox preparati bilan botulinumterapiyasi protseduralarining video-namoyishi ham boʻlib oʻtdi, unda maʼruzachilar, konferensiyada ishtirok etgan yetakchi mutaxassislar va amaliyotchilar oʻz fikrlarini bildirdilar.

  Konferensiya, shubhasiz, mintaqadagi estetik stomatologiya va otorinolaringologiya, estetik tibbiyotning boshqa sohalarini rivojlantirishga, ushbu sohadagi yetakchi olimlar va amaliyotchilar bilan xalqaro aloqalarni oʻrnatishga ijobiy taʼsir koʻrsatishi aniq.



SamDTI Matbuot xizmati