Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Pandemiya davrida stomatologik yordam ko‘rsatish tamoyillari bo‘yicha master-klass

  1 iyun kuni Samarqand davlat tibbiyot institutida COVID-19 og‘iz bo‘shlig‘ida namoyon bo‘lishini xususiyatlari hamda pandemiya vaqtida stomatologik yordam ko‘rsatish masalalariga bag‘ishlangan seminar – mahorat darslari o‘tkazildi. Seminarda bakalavriatni yuqori kurs talabalari, magistrlar va klinik ordinatorlar hamda Samarqand shahar va viloyatdan taklif qilingan viloyatni vrach-stomatologlari ishtirok etdilar.

  Seminarni tantanali ochilishida institut rektori Jasur Rizaev tanlangan mavzular dolzarbligi va amaliyot uchun ahamiyatini ta’kidlab taklif qilingan ma’ruzachi, - respublikamiz yetakchi stomatologlaridan biri, ToshDSI fakultet terapevtik stomatologiya kafedrasi mudiri, t.f.d., professor Olga Yesenovna Bekjanovani tanishtirdi.

  Mahorat darsi davomida prof. O.Ye. Bekjanova tomonidan interfaol usullar hamda eng zamonaviy ma’lumotlardan foydalanib COVID-19 og‘iz bo‘shlig‘ida namoyon bo‘lishini xususiyatlari hamda pandemiya vaqtida stomatologik yordam ko‘rsatish haqida batafsil tushuntirildi. Seminarda barcha aytilgan nazariy bilimlarni amaliyotga tadbiq etilishiga alohida urg‘u berildi.

  Master-klass seminarni barcha ishtirokchilariga katta qiziqish uyg‘otdi. Ma’ruzachi barcha berilgan savollarga asoslangan javoblarni qaytardi.

SamDTI matbuot xizmati