Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Institutda “Kimyogarlar kuni”ni nishonlanishi

  Har yili mayning oxirgi yakshanbasi “Kimyogarlar kuni” sifatida nishonlanib kelinadi. 31-may kuni SamDTI 1-son TTJ da “Kimyogarlar kuni” munosabati bilan tibbiy-kimyo kafedrasi tomonidan tadbir tashkillashtirildi.

  Tadbirni SamDTI yoshlar bilan ishlash va maʼnaviyat boʻlimi boshligʻi S.Gʻ. Xalimov ochib berib ishtirokchilarni tabriklab ularga omad tiladi.

  Tibbiy-kimyo kafedrasi mudiri dotsent D.Q.Xolmurodova ham kimyo kafedrasi oʻqituvchilarini bayram bilan tabrikladi. Shu kafedraga umrini bagʻishlagan prof. Q.A. Asqarov xotirasi yodga olindi. Kafedrada 20 yil ishlagan organik kimyo fanining yetuk mutaxassisi dos. D.A. Abdullayeva ham tadbirga taklif etildi va esdalik sovgʻa bilan taqdirlandi.

  Talabalar oʻrtasida kimyo fani boʻyicha qiziqarli savol-javoblar oʻtkazilib gʻoliblar esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandi. Iqtidorli talabalar bilan teatrlashtirilgan sahna koʻrinishlari koʻrsatildi. SamDTIda taʼlim olayotgan chet ellik talabalar ham tadbirda faol ishtirok eti esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

  Shuningdek, may oyida oʻtkazilgan “75-xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya”da ishtirok etib faxrli oʻrinlarni olgan bir qator talabalarga tantanali ravishda diplomlar topshirildi.



SamDTI matbuot xizmati