Samarqand davlat tibbiyot instituti neyroxirurgiya kafedrasi qoshidagi “Neyrofan” (“Neurosciences”) talabalar ilmiy jamiyatini navbatdagi yigʻilishi oʻtkazildi. Mazkur toʻgarak institutni eng faollaridan boʻlib uning ishida xalqaro taʼlim fakulteti, shu jumladan “MBBS” dasturi boʻyicha tahsil oladigan talabalar jalb etilgan.
Talabalar ilmiy toʻgaragini navbatdagi yigʻilishi, haftalik rejaga muvofiq, uchta taqdimot — “Neyrodegenerativ kasalliklar”, “Nevritlar”, “Neyropatiya va PAT kasalliklari” hamda xalqaro taʼlim fakulteti talabalari tomonidan tayyorlagan savollarni muhokamasiga bagʻishlandi.
Yigʻilishni tantanali qismida, kafedrani faxriy xodimi, respublikamiz va xorijda tanilgan neyrojarroh, professor A.M. Mamadaliyev toʻgarak faollariga xalqaro talabalar konferensiyasida qoʻlga kiritgan diplomlarni hamda ilmiy jamiyatni ramzi aks ettirilgan polo-koʻylaklarni topshirdi. Toʻgarak yigʻilishida xalqaro taʼlim fakulteti dekani PhD M.A. Aliyev ham ishtirok etdi.
SamDTI matbuot xizmati