Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Urgut tumani umumta’lim maktabida so‘nggi ko‘ng‘irok bayrami

  Samarkand davlat tibbiyot instituti tibbiy kimyo kafedrasi mudiri dotsent Dilafruz Xolmurodova rahbarligida bir guruh xodimlar Urgut tumani 24-son umumta’lim maktabida o‘tkazilgan so‘nggi ko‘ng‘irok bayramida ishtirok etdilar.

  SamDTI rektori professor Jasur Rizaev tashabbusi bilan mazkur maktabda o‘quv yili davomida a’lo baholarga o‘qib boshqalarga namuna bo‘lgan 20 nafar o‘quvchilarga esdalik sovgalari topshirildi. Undan tashqari, iktisodiyot bilimlari asoslari fanidan bo‘lib o‘tgan fan olimpiadasini viloyat bosqichida faxrli 3-o‘rinni egallagan 9-sinf o‘quvchisi A.Mirzakulov va fan o‘qituvchisi S.B. Turdialiev hamda jismoniy tarbiya, adabiyot, kimyo va boshqa yil davomida yutuklarga erishgan bir kator o‘qituvchilar va maktab psixologiga esdalik sovg‘alari topshirildi. Maktab 11-sinf bitiruvchilarini tabriklashda dotsent D.Q.Xolmurodova yaxshi tilaklarni so‘zlab orzu qilgan oliy o‘quv yurti talabasi bo‘lishida omadlar tiladi.

  Institut vakillari tomonidan maktab kutubxonasiga sovga tariqasida 50 ortiq turli yo‘nalishdagi badiiy adabiyotlar ham berildi.


SamDTI matbuot xizmati