Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

SamDTIda professor M.A. Axmedovni 95-yilligiga bag‘ishlangan Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi

  2021-yil 28-may kuni Samarqand davlat tibbiyot institutida fundamental va klinik tibbiyot, amaliy sogʻliqni saqlash hamda tibbiyot oliygohlarida taʼlimni tashkil etish va rivojlantirishni dolzarb masalalarini muhokama qilish maqsadida “Bolalar xirurgiyasi, travmatologiya, pediatriya va anesteziologiya-reanimatologiyani dolzarb masalalari” Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi oʻtkazildi. Xalqaro konferensiya respublika sogʻliqni saqlash faxriysi, fan arbobi, tibbiyot fanlari doktori, professor MaxmudAxmedovichAxmedov (1927-2010) 95-yilligiga bagʻishlandi. Anjuman ishida Rossiya, Qozogʻiston, Tojikiston va Oʻzbekistonni tibbiyot oliy oʻquv yurtlari va ilmiy-tekshirish institutlarini 180 ortiq vakillari ishtirok qildilar.

  Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasini tantanali ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirini birinchi oʻrinbosari Amrillo Inoyatov (Toshkent, Oʻzbekiston), Respublika ixtisoslashgan xirurgik angionevrologiya markazi direktori, Oʻzbekiston va Rossiya fanlar akademiyasini akademigi Sh.I. Karimov (Toshkent, Oʻzbekiston), SamDTI rektori Jasur Rizayev (Samarqand, Oʻzbekiston), bolalar salomatligi Milliy tadqiqot markazini bolalar xirurgiyasi institutini rahbari, Rossiya FA muxbir-aʼzosi S.P. Yatsik (Moskva, Rossiya), Markaziy Osiyo bolalar xirurglari Uyushmasini raisi, TTA umumiy va bolalar xirurgiyasi kafedrasini mudiri Sh.T. Salimov (Toshkent, Oʻzbekiston) va boshqalar oʻzlarini qutlov soʻzlari bilan ishtirokchilarga murojaat etib konferensiya ishiga omadlar tiladilar

  Xalqaro forumni yalpi majlisida respublika va xorij yetakchi mutaxassislarini bolalar xirurgiyasi, travmatologiya, pediatriya va anesteziologiya-reanimatologiya, tibbiy fundamental va klinik fanlar oʻqitish xususiyatlari hamda professor M.A. Axmedov hayoti va mintaqada bolalar xirurgiyasi maktabini yaratishga qoʻshgan hissasiga bagʻishlangan maʼruzalardan soʻng konferensiya ishi sho'balarda davom ettirildi. Sho'ba yigʻilishlarida bolalar xirurgiyasi va travmatologiya, pediatriya va anesteziologiya-reanimatologiya, amaliyot shifokorini faoliyatida reabilitatsion tibbiyot hamda tibbiy taʼlim va kadrlarni tayyorlashning turli masalalari haqida maʼruzalar qilindi.

  Samarqand davlat tibbiyot institutida oʻtkazilgan “Bolalar xirurgiyasi, travmatologiya, pediatriya va anesteziologiya-reanimatologiyani dolzarb masalalari” Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi shubhasiz respublika va mintaqamizda xirurgiya va bolalar xirurgiyasi, travmatologiya, pediatriya va anesteziologiya sohalarini rivojlantirish, fundamental va klinik fanlar oʻqitilish sifatini yana-da oshirish va malakali tibbiy kadrlarini tayyorlash hamda respublikamiz tibbiyot oliygohlari va ilmiy tekshirish markazlarini xalqaro aloqalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.












SamDTI Matbuot xizmati