Samarqand davlat tibbiyot institutiga Jizzax viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi Ozoda Mahmudova boshchiligida davolash-profilaktika muassasalari rahbarlari hamda shahar va tumanlar tibbiyot birlashmasi boshliqlaridan iborat delegatsiya tashrif buyurib bitiruvchilar bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuvni institut rektori, professor Jasur Rizayev ochib berib mehmonlarni Samarqand zaminida qutladi. Kirish soʻzida institut rahbari mehmonlarni institut bitiruvchilarga qiziqqanligidan mamnuniyat bildirib, maʼmuriyat tomonidan bitiruvchilarni tez orada joylarda ish boshlashlariga barcha sharoitlarni yaratishga tayyor ekanligini bildirdi. Viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi O.Mahmudova oʻz navbatida uchrashuvni tashkil etilganlik uchun Samarqand davlat tibbiyot instituti maʼmuriyatiga minnatdorchilik bildirib oʻtdi. Bitiruvchilarga hurmatli Prezidentimiz qarorlari bilan berilayotgan imtiyozlar va yaratiladigan shart-sharoitlar haqida maʼlumot berdi. Jizzax viloyatida 200 dan ortiq shifokorlar yetishmasligi, hozir ishlayotgan shifokorlarni qariyb 40 foizi nafaqa yoshida ekanligi, oliy maʼlumotli tibbiyot xodimlariga talab juda ham yuqori boʻlganligi haqida aytildi. Jizzaxlik bitiruvchilardan umidimiz katta va sizlarni viloyatimizga qaytib, xalqimiz salomatligini saqlashda yordam berishlaringizni, viloyat rahbariyati tomonidan esa sizlarga hurmatli Prezidentimiz tomonidan beriladigan barcha imtiyozlardan tashqari, shahar va tumanlar hokimiyati tomonidan ham ishlash va yashashlaringiz uchun qulay shart-sharoitlar yaratilishi taʼkidlandi.
Uchrashuvda Jizzax viloyat teri tanosil kasalliklari dispanseri bosh shifokori, t.f.d.,
Koʻplab bitiruvchilar Jizzax viloyatini tibbiyot muassasalarida ishlashga rozilik berdilar, ayrimlari bilan shu yerning oʻzida mehnat shartnomalari tuzildi.
Xususan, “Men 15-maydan soʻng Gʻallaorolda ish boshlayman, hozir Gʻallaorol tuman tibbiyot birlashmasi boshligʻi X. Saidov bilan mehnat shartnomasini tuzdim. Hurmatli rektorimiz oʻqishimni onlayn tarzga koʻchirishga ruxsat berdilar. Bizlarga nisbatan koʻrsatilayotgan shuncha eʼtibordan xursandman. Olti yil davomida jonajon institutimda ustozlarimdan olgan bor bilimimni xalqimiz salomatligini mustahkamlashga xizmat qilishga tayyorman” – deb aytdi, SamDTI bitiruvchisi Jamshid Eshonqulov.
SamDTI matbuot xizmati