Ma‘lumki yurtimizda 9-may Xotira va Qadrlash kuni sifatida keng nishonlanadi. Bayram munosabati bilan faxriy ustozlarimiz va xodimlarimizning holidan xabar olish bizning asosiy vazifalarimizdan biridir. Xotin-qizlar maslaxat kengashi faollari tomonidan bayram munosabati bilan institutimizda ko'p yillar fidoyilik ko'rsatib, samarali mexnat qilib, bugun keksalik gashtini surayotgan faxriy ustozlarimiz, xodimlarimiz xonadonlariga tashrif buyurib bayram bilan muborakbod etililib, hollaridan xabar olindi.
Xalikova Lyubov Urazovna 84 yoshda.
Endokrinologiya kafedrasi mudiri dotsent. 50 yil samarali mehnat qilgan. Suratda turmush o’rtog’lari raxmatli ustozimiz prof. Abdulla Xamrayev hayot bo’lganlarida 89 yoshda bolar edilar.
Gulnora Raxmonova 77 yoshda.
Pediatriya fakulteti ichki kasalliklar kafedrasi dotsenti, 45yil samarali mehnat qilgan.
Badriddinova Mastura Pardayevna 76 yoshda
Akusherlik va ginekologiya kafedrasi dotsenti. 44 yil samarali mehnat qilgan.
Tatyana Aliksiyeva 75 yoshda.
ARM da 42 yil mehnat qilgan.
Sultonova Zuxra 73 yoshda.
40 yil samarali mehnat qilgan.
Ularning mehnatlari hamda xizmatlari bugungi va kelgusi avlod uchun hamisha ibrat namunasi bo’lib qoladi.
SamDTI matbuot xizmati