9 may – Xotira va qadrlash kuni arafasida mamlakatimiz boʻylab Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va front ortida Vatan ravnaqi yoʻlida fidokorona mehnat qilgan faxriylarga yuksak hurmat-ehtirom koʻrsatilib, ular holidan xabar olinmoqda.
Bayram arafasida viloyatimizning shahar va tumanlarida istiqomat qilayotgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari xonadonlariga yoʻqlov tadbirlari uyushtirilmoqda. Ularga bayram tilaklari bildirilmoqda.
Shunday tadbirlardan biri Samarqand shahar istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, koʻp yillar davomida Samarqand davlat tibbiyot institutida samarali mehnat qilgan, t.f.n., dotsent, 97 yoshni qarshilagan Asliddinov Fazliddin Asliddinovich xonadonida tashkil etildi.
Tashriy buyurgan Samarqand davlat tibbiyot instituting Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi S.G’.Halimov, gumanitar va ijtimoiy fanlar, harbiy-tibbiy tayyorgarlik kafedralar, fakultetlar maʼnaviyat boʻyicha dekan oʻrinbosarlari, institut Yoshlar Ittifoqi faollari urush qatnashchisi holidan xabar olib sovgʻa-salomlar topshirdilar. Tadbirda “Ulugʻbek yulduzlari” ansambli aʼzolari tomonidan diltortar kuylar hamda qoʻshiqlar ijro etildi.
Institut faxriysi Asliddinov Fazliddin Asliddinovich jahon urushida roʻy bergan voqealar esga olindi, tashrif uchun institut vakillariga minnatdorchilik bildirildi. Qoʻllar duoga ochilib, dunyomiz-yurtimiz tinchligi uchun shukronalar keltirildi.
SamDTI matbuot xizmati