Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Tibbiyot ta’lim jarayonini fundamental fanlar va klinik tibbiyotida innovatsion texnologiyalarni roli

    2021-yil 6-may kuni Samarqand davlat tibbiyot institutida “Tibbiyot taʼlim jarayonini fundamental fanlar va klinik tibbiyotida innovatsion texnologiyalarni roli” Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi oʻtkazildi. Tibbiyot tizimi uchun malakali va professional jihatdan yetuk kadrlarni tayyorlashda eng avvalam bor innovatsion yutuqlardan foydalanish, tibbiy taʼlim jarayoniga innovatsion texnologiyalarni kiritish va taʼlim dargohlarida ulardan samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Xalqaro ilmiy-amaliy forumda Rossiya, Italiya, Azerbayjon, Qozogʻiston va Oʻzbekistonni bir qator tibbiyot oliy oʻquv yurtlari va ilmiy-amaliy markazlarini 300 yaqin vakillari ishtirok etdilar.

  Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasini tantanali ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirini birinchi oʻrinbosari Amrillo Inoyatov, SamDTI rektori Jasur Rizayev, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasini immunologiya va inson genomikasi instituti direktori, akademik Tamara Aripova, Ijevsk davlat tibbiyot akademiyami prorektori MarinaIvanova (Ijevsk, Rossiya), Ozarbayjon davlat tibbiyot universiteti prorektori MushfigOrudjev (Baku, Ozarbayjon) oʻzlarini qutlov soʻzlari bilan ishtirokchilarga murojaat etib konferensiya ishiga omadlar tiladilar.

  Yalpi majlisda tibbiy fundamental va klinik fanlar oʻqitish xususiyatlariga bagʻishlangan maʼruzalardan soʻng konferensiya ishi shoʻbalarda davom ettirildi. “Normal anatomiya, gistologiya, sitologiya — embriologiya, mikrobiologiya, virusologiya, immunologiya taʼlim jarayoni amaliyotida innovatsion texnologiyalar”, “Patologik anatomiya, patologik fiziologiya taʼlim jarayoni amaliyotida innovatsion texnologiyalar”, “Klinik fanlar taʼlim jarayoni amaliyotida innovatsion texnologiyalar” va boshqa mavzularda maʼruzalar eshitildi.

  Konferensiya doirasida Pirogov interaktiv anatomik stolini odam anatomiyasi va klinik anatomiyasi fanlarini oʻqitishdagi roli, mikrobiologiya fanini oʻrganishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, taʼlimni interfaol metodlaridan foydalanib samarali amaliy mashgʻulot oʻtkazish kabi mavzularida mahorat darslari tashkil etildi. Taniqli xorijlik mutaxassis, Milan Universiteti (Italiya Respublikasi) professori DiyegoLopes tomonidan oʻtkazilgan “Estetik implantlar” mavzusidagi master-klass ishtirokchilarni katta qiziqishini uygʻotdi.

  Samarqand davlat tibbiyot institutida oʻtkazilgan “Tibbiyot taʼlim jarayonini fundamental fanlar va klinik tibbiyotida innovatsion texnologiyalarni roli” Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi shubhasiz respublikamiz tibbiyot oliy taʼlim muassasalarida oʻquv jarayonni yaxshilash, fundamental va klinik fanlar oʻqitilish sifatini yana-da oshirish, malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlash hamda respublikamiz va xorijiy tibbiyot oliygohlari hamkorligini yana-da kuchaytirishga xizmat qiladi.


Fotolavhalar

SamDTI matbuot xizmati