2021 yil 2-fevral kuni SamDTI 1-son klinikasida stomatologiya kafedrasi o‘qituvchisi Xasanov Ilxom Ikromovich tomonidan “Dental implantologiyada tashxis va rejalashtirish” mavzuida mahorat darsi o‘tkazildi. Mashg‘ulotda amaliyotchi-shifokorlar va stomatologya fakultetini talabalari ishtirok etdilar.
Darsda dental implantatsiyani turlari, turli bemorlarda uni qo‘llash, tish implantatsiyasi operatsiyasini bajarishning asosiy nazariy jihatlari ko‘rsatildi. Mashg‘ulot davomida talabalarni o‘zlariga bu amaliyotni bajarish uchun imkoniyat yaratildi.
Implantologiya bugungi kunda stomatologiyani eng tez rivojlanayotgan tarmoqlaridan biri bo‘lib, o‘tkazilgan mahorat darsi o‘qituvchilar va talabalar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.
O‘tkazilayotgan mahorat darslari va seminarlar stomatologiya fakultetini talabalariga zamonaviy mutaxassis va raqobatdardosh kadr bo‘lib yetib chiqishlariga imkon yaratadi.
SamDTI Matbuot xizmati