Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Alisher Navoiyni 580-yillik yubileyi munosabati bilan bayram uchrashuvlari

  Buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Аlisher Navoiyning bebaho ijodiy-ilmiy merosi nafaqat xalqimiz, balki jahon adabiyoti tarixida, milliy madaniyatimiz va adabiy-estetik tafakkurimiz rivojida alohida oʼrin tutadi. Ulugʼ shoir oʼzining sheʼriy va nasriy asarlarida yuksak umuminsoniy gʼoyalarni, ona tilimizning beqiyos soʼz boyligi va cheksiz ifoda imkoniyatlarini butun jozibasi va latofati bilan namoyon etib, yer yuzidagi millionlab kitobxonlar qalbidan munosib va mustahkam oʼrin egalladi.
Soʼnggi yillarda Аlisher Navoiyning boy va serqirra ijodiy merosini har tomonlama chuqur oʼrganish, uning oʼlmas asarlarini yurtimizda va xorijiy mamlakatlarda keng targʼib qilish hamda xotirasini abadiylashtirish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.
  Jumladan, shoir tugʼilgan qutlugʼ 9 fevral sanasini har yili adabiyot va maʼrifat bayrami sifatida yuksak darajada nishonlash anʼanasi qaror topdi. Ulugʼ soʼz sanʼatkorining asarlari muntazam nashr etilib, Navoiyshunoslik sohasida koʼplab tadqiqotlar olib borilmoqda, respublika va xalqaro miqyosda ilmiy anjumanlar oʼtkazilmoqda.
  Samarqand davlat tibbiyot instituti katta faollar zalida, she’riyat mulkining sultoni, Mir Alisher Navoiyning 580 yillik tavallud ayyomi munosabati bilan 10-fevral kuni «O’zbek tili va adabiyoti, rus tili bilan» kafedrasi tomonidan o’tkaziladigan Navoiyxonlik badiy-adabiy kechasida institut professor-o’qituvchilari hamda sheriyatga orzumand talabalari faol ishtirok etishdi.
Tadbir avvalida yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor E.Tangirov hamda tibbiy pedagogika fakulteti dekani S. Mamarjabov soʼzga chiqib, Mir Аlisher Navoiy qoldirgan boy ijodiy merosni oʼrganish va targʼib qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida toʼxtalib oʼtdi.
  Tadbirning badiiy qismida talabalar tomonidan shoirning “Navoiy va Guli monologi” hamda “Yodgor va Husayn Boyqaro” sahna ko'rinishlari namoyish etildi. Bundan tashqari, mahorat bilan ijro etilgan kuy-qo'shiqlar va raqslar barchaga a'lo kayfiyat bag'ishladi.
  Tadbirni oʼtkazishdan maqsad Navoiy dostonlarini chuqur oʼrganish, ularda ilgari surilgan umuminsoniy gʼoyalarni yoshlar orasida keng targʼib qilish, Navoiy asarlari orqali yoshlarda Vatanga muhabbat hissini shakllantirishdan iborat.

SamDTI matbuot xizmati