Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Rektor va institut talaba-yoshlar muloqoti

  15 fevral kuni Samarqand davlat tibbiyot instituti rektori professor J.A. Rizaev institutni faol talaba-yoshlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

  Uchrashuvda institutda olib borilayotgan ishlar, talaba-yoshlar uchun yaratilayotgan sharoitlar va imkoniyatlarga to‘xtalib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar xususida ham takliflar berildi. Jumladan, institutda tahsil olayotgan talabalarga turli yo‘nalishlarda master klass o‘tkazish, qanday to‘garaklar ochish kerakligi, talaba yoshlarning ilimiy ishlar bilan shug‘illanishlariga ko‘proq vaqt ajratish masalalari taklif qilindi. O‘z kuchiga ishongan, ilmiy ishlar bilan shug‘ullanishda moliyaviy qiyinchilikga uchrab o‘zini ishlarini to‘xtab qolgan yoshlarga yordam qilish kerak deb ta’kidladilar Jasur Alimjanovich. Institut rektori shuningdek hozirgi kundagi dolzarb muammolar, xususan onkologik kasalliklar oldini olish, sog‘lom turmush tarzi, yosh bolalar tishlarini to‘g‘ri parvarish qilish va boshqa bir qancha sohalarda videoroliklar tayyorlab, ularni aholiga yetkazish va ularni sog‘lom turmush tarziga jalb etish taklifini ham berdilar.

  Uchrashuvda institut “Yosh olimlar ilmiy kengashi”ni raisi N.N.Shavazi ham chiqish qilib talabalarni ilmiy ishlarda faol bo‘lishga chaqirdilar.

  Ochiq va samimiy muloqot davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarini va takliflarini ham bildirib o‘tdilar.


SamDTI matbuot xizmati