Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Yong‘in xavfsizligi bo‘yicha amaliy seminar

  2021 yil 16 fevral kuni Samarqand Davlat tibbiyot institutini talabalar turar joylarida yong‘in xavfsizligi va favqulodli vaziyatlar boshqarmalari hamda Qizil yarim oy jamiyati bilan hamkorlikda kuz-qish mavsumida yong‘in xavfsizligiga bag‘ishlangan studentlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

  O‘qituvchilar va gurux murabbiylari yotoqxonalar va ijarada hamda yaqin qarindoshlarnikida turayotgan studentlar huzuriga borib, ularning yashash sharoitlari bilan tanishib, yong‘in xavfsizligi, is gazidan zaharlanishning oqibatlari va xavfsizlik masalalari haqida suhbatlar doimiy ravishda o‘tkazib kelmoqda.

  Uchrashuvda Samarqand shahar yong‘in xavfsizligiga qarshi kurashish xodimlari chiqish qilib viloyatda va Samarqand shahrida yong‘inga qarshi amalga oshirilayotgan choralar, gaz va elektr uskunalar bilan foydalanishda ehtiyotkorlik, ularni doimiy ravishda tegishli ko‘rikdan o‘tkazish zarurati, faqat tegishli davlat organlari tomonidan ruxsat etilgan uskuna va asboblardan foydalanish xaqida batafsil aytib o‘tildi. Uchrashuv davomida yong‘in va shunga o‘xshash boshqa favquloddagi vaziyatlar sodir bo‘lganda qilinishi lozim bo‘lgan harakatlar ko‘rgazmasi, uni o‘tkazish jarayonida amaliyotda qanday o‘t o‘chirish vositalaridan to‘g‘ri foydalanish kerakligi, birlamchi yordam ko‘rsatish kabi misollar amaliyoti ko‘rsatib o‘tildi.

  Seminar-uchrashuvlarning bu kabi interfaol usulda tashkil etilishi yoshlarning favqulodda vaziyatlarning oldini olishga doir bilim va ko‘nikmalarini oshirish hamda yong‘in xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.


SamDTI matbuot xizmati