27 fevral kuni Samarqand davlat tibbiyot instituti 1-son klinikasini kichik majlislar zali va 1-son ichki kasalliklar kafedrasida O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshidagi Molekulyar allergologiya Xalqaro Markazi (MAXM, ISMA) bilan hamkorlikda «Bronxial astma: tashxis, davolash, nazorat va profilaktika masalalari» mavzuida vebinar va mahorat darsi o‘tkazildi. Mashg‘ulotlarda 1-son ichki kasalliklar kafedrasi xodimlari, 1-son klinika shifokorlari va talabalar ishtirok etdilar.
Vebinar va mahorat darsni olib boruvchi Molekulyar allergologiya Xalqaro Markazi (MAXM, ISMA) ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, molekulyar allergologiya va immunologiya sohasi bo‘yicha universitetlar va ilmiy markazlar xalqaro platformasini O‘zbekistondagi vakili t.f.d. Gulnara Suleymanovna Djambekova tomonidan «Bronxial astma fenotipi: o‘rganish tarixi va hozirgi holati», «Astma nazoratga to‘sqinlikmi? Molekulyar allergodiagnostikani imkoniyatlari», «Molekulyar allergologiyani mazmuni va imkoniyatlari: klinik misollar» mavzularda ma’ruzalar o‘qildi. Mashg‘ulotlarni amaliy qismi «Bronxomotor testlar: kimga, qachon, qanday?» vebinari shaklida o‘tkazildi.
O‘tkazilgan mashg‘ulotlar davomida 100 ortiq talabadan “Yosh bolalarda astma va allergiya bo‘yicha xalqaro tadqiqot” so‘rovnomasi bo‘yicha so‘rov ham o‘tkazildi.
SamDTI matbuot xizmati