Samarqand davlat tibbiyot instituti qoshidagi akademik litseyda 2021-yil 3-4-mart kunlari ota-onalar uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuvda SamDTI o‘quv ishlar prorektori N.A. Yarmuxammedova, litsey ma’muriyati, o‘qituvchi va murabbiylar hamda ota-onalar ishirok etdilar.
Uchrashuvda joriy o’quv yilini 1-semestr yakunlari, o’tkazilib kelinayotgan test natijalari, o’quvchilarning davomati va tartib-intizomi masalalariga to’xtalib o’tildi. Ota-onalar ham o‘quv jarayonni yanada yaxshilash bo‘yicha o‘zlarini takliflarini bildirdilar.
Semestr davomida a’lo baholarga o’qigan, jamoat ishlarida faol qatnashgan, o’zining na’munali xulqi bilan tengdoshlariga o’rnak bo’lgan o’quvchilarning ota-onalariga litsey ma’muriyati tomonidan tashakkurnomalar topshirildi. Tadbir ishtirokchilari bilan shundaqa uchrashuvlarni muntazam ravishda o‘tkazish haqida kelishib olindi.
SamDTI Matbuot xizmati