Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Institutda «8-mart - Xalqaro xotin-qizlar Kuni» bayrami

  2021-yil 5-mart kuni Samarqand davlat tibbiyot institutida «8-mart - Xalqaro xotin-qizlar Kuni» bayrami munosabati bilan 1-son klinikani Katta majlislar zalida «Sen aziz va muqaddassan ayol!» bayram dasturi bo‘lib o‘tdi. Bayram tadbirida institut xodimlari va professor-o‘qituvchilari, talaba-qizlar vakillari hamda faoliyat ko‘rsatib nafaqaga chiqqan faxriy ayol-ustozlar mehmon sifatida taklif etildi.

  Tadbirni institut rektori Jasur Rizaev institut xotin-qizlariga bag‘ishlangan bayram tabrigi bilan ochib berdi. So‘ngra ayollar bayrami munosabati bilan taqdirlash marosimiga navbat berildi. Unda institut yoshlar bilan ishlash prorektori Eldor Tangirov va kasaba uyushmasi raisi Yaxshinor Allayorov tomonidan ko‘p yillik samarali faoliyat ko‘rsatib institut ravnaqiga xissa qo‘shib kelayotgan bir guruh xotin-qizlarga faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari topshirildi.

  So‘ngra sahnalashtirilgan ajoyib ijodiy chiqishlarga navbat berildi. Bayramda institutning yosh ijodkor talabalari, viloyat musiqali drama teatrining “Balet” ansambli hamda bir qator qo‘shiqchilar barchaning ko‘nglidan joy olgan kuy va raqslarni ijro etdilar. Institut ma’muriyati tomonidan mahorat bilan ijro etilgan tabrik qo‘shig‘i esa barcha tadbir ishtirokchilariga haqiqiy bayram kayfiyatini olib keldi.

  Bayram muborak bo‘lsin aziz va mo‘tabar ayollar!


SamDTI matbuot xizmati