Joriy yilni 10 mart kuni Samarkand Davlat tibbiyot instituti 1-son klinikasini katta majlislar zalida davolash, pediatriya va tibbiy pedagogika fakultetlari bitiruvchi kurs talabalari hamda klinik ordinator va magistrlar bilan Sirdaryo viloyatini Boyovut va Xavos tumanlari SSB vakillari bilan uchrashuvi o‘tkazildi.
Bitiruvchilar bilan uchrashuvni SamDTI marketing bo‘limi boshlig‘i B.A. Yuldashev kirish so‘zi bilan ochib berdi. Sirdaryo viloyati Boyovut tumani tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i O. Bekmurodov, Xavos tumani tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i M. Narzullaevlar institut bitiruvchilariga o‘zlarini tibbiyot muassasalaridagi vakant o‘rinlar, yosh kadrlar uchun yaratiladigan shart-sharoit va imtiyozlar xakida batafsil gapirib berdilar.
Uchrashuv davomida mehmonlar bitiruvchilardan berilgan savollarga hozirlik bilan javob berib ularni joylarda mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga ishga taklif qildilar.
SamDTI matbuot xizmati