Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

SamDTIda umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi

  Xalqimiz ma’naviyatini milliy qadriyatlari orasida o‘tkaziladigan umumxalq hasharlari ko‘pchilikni birdamlikka, ahillikka va mehr-oqibatga undashi bilan ajralib turadi.

  Respublikamizda joriy yilning 13 mart kuni bahor yangilanishi bo‘lgan “Navro‘z” bayrami arafasida e’lon qilingan umumxalq xayriya hashari Samarqand davlat tibbiyot institutida ham o‘tkazildi.

  Institutdagi hashar davomida barcha kafedra va kurslar, ma’muriy binolar, klinikalar hududlarida obodonlashtirish, chiqindilardan tozalash, yerlarni yumshatish, ko‘chatlar ekish, daraxtlar va yo‘lkalarni oxlash kabi ishlar amalga oshirildi. O‘tkazilgan xayriya hasharida institut ma’muriyati va professor-o‘qituvchilari vakillari faol ishtirok etdilar.


SamDTI matbuot xizmati