2021 yil 25-mart kuni Samarqand davlat tibbiyot instituti Sport klubi va Yoshlar Ittifoqi tashabbusi bilan “Sogʻlom turmush – buyuk kelajak” shiori ostida “Yoshlar ittifoqi kubogi” sport musobaqalari, institut sport zalida o‘tkazildi.
9-13 mart kuni Armrestling sport turi bo'yicha institut barcha fakultet talaba yoshlari 60, 70, 80, 90, 100+ vazn toifalarida o`ng va chap qulda talabalar o’zaro bellashuvi bo’lib o’tdi.
9-13 mart kuni Armrestling sport turi bo'yicha 10 ta fakultetdan 147 ta talabalar qatnashdi. Eng kuchlilar 25 – ferlada esa 1 - o’rin va 2 – o’rinlar uchun shiddatli bellashuv bo’ldi. Qizg’in baxsda davolash fakultetining talabasi Abdukarimov Islombek “Yoshlar ittifoqi kubogi”ni qo’lga kiritdi.
Har bir vazn turi bo'yicha:
1-oʻrinlarga 30 nafar talabalar
2-oʻrinlarga 30 nafar talabalar
3-oʻrinlarga 30 nafar talabalar g‘olib bo`ldilar.
Institutimiz prorektori Eldor Tangirov, fakultet dekanlari G`ayrat Lutfullayev, Sanjar Karabayev, Alisher Axmedov va Yoshlar ittifoqi boshlang`ich tashkilot yetakchisi Xojimuhammad Abbasov taqdirlash marosimida ishtirok etib barcha talabalar va ularni murabbiylariga minnatdorchilik bildirib o‘tdilar va kelgusida boshqa sport yo‘nalishlarida ham bu kabi musobaqalarni o‘tkazilishini ta’kidladilar.
Barcha g‘oliblar inistitut tomonidan esdalik sovgʻalar va diplomlar bilan taqdirlanadilar.
SamDTI axborot xizmati