Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Neyroxirurgiya bo‘yicha talabalar ilmiy jamiyatini birinchi kvesti

  24 aprel kuni Samarqand davlat tibbiyot institutini “Neyrofanlar” neyroxirurgiya boʻyicha talabalar ilmiy jamiyati (TIJ) tomonidan birinchi marta kvest oʻtkazildi. “Quest” ingliz tilidan olinib izlamoq, intilmoq degan maʼnolarni anglatadi, uni bajarish davomida ishtirokchilar mantiqan fikrlash orqali natijaga erishishga harakat qiladilar.

  Musobaqaga 100 ortiq talabalar, shu jumladan xalqaro tibbiy taʼlimni MBBS dasturini talabalaridan arzlar kelib tushgan. Saralash natijasida kvestda besh talabadan iborat 6 jamoa ishtirok etdilar. Tanlovni birinchi bosqichida jamoalar tomonidan YTX natijasida jabrlanganlarni tez tibbiy yordam koʻrsatish amaliyoti bajarildi. Ikkinchi bosqichda institutni 1-son klinikasi hududidan keyslarni va savollarni topib ularga javoblar topish amaliyoti bajarildi. Talabalar tomonidan faollik koʻrsatilib ularni har bir xatti-harakati tanlov hayʼati tomonidan xolisona baholandi.

  Tanlov yakunida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan jamoalar ishtirokchilari diplomlar hamda esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandilar.


SamDTI matbuot xizmati