Samarqand davlat tibbiyot instituti 1-klinikasi Yevropa Biznes Assambleyasining sog‘liqni saqlash sohasidagi xalqaro mukofoti hisoblanuvchi - “Best Clinic” (“Eng yaxshi klinik shifoxona”) nominatsiyasi sohibi bo‘ldi.
Oksford shahrida joylashgan Yevropa Biznes Assambleyasi har yili jahonning turli davlatlaridagi o‘z sohalari yo‘nalishlaridagi yetakchilarni aniqlab boradi va yilda bir marta g‘oliblarni taqdirlaydi.
Bu yilgi tanlovda erishgan yutuqlari, davolanayotgan bemorlari soni va samaradorligi, akademik va ilmiy tadqiqot sohasidagi yutuqlari, davolashda ilg‘or texnologiyalardan foydalanishi, ilmiy darajali va ilmiy unvonli mutaxassislar jamoasi, bemorlarning ijtimoiy tarmoqlardagi mustaqil fikrlari va tavsiyalari kabi mezonlar bo‘yicha munosib yetakchilikka erishgan Samarqand davlat tibbiyot instituti 1-klinikasi g‘olib deb e’lon qiladi.
Taqdirlash marosimi shu yil 25 iyunda Buyuk Britaniyaning Oksford shahrida “Achievements Forum 2021” xalqaro konferensiyasi dasturida bo‘lib o‘tadi.
SamDTI matbuot xizmati