Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Institut rektorining Rossiya Federatsiyasining Sechenov universitetiga safari rejalashtirilmoqda

  Joriy yilning 20-25-aprel kunlari institut rektori professor Jasur Alimjanovich Rizayevning Rossiya Federatsiyasi Sogʻliqni saqlash vazirligining I.M. Sechenov nomidagi Birinchi Moskva davlat tibbiyot universiteti rektorining taklifiga binoan ushbu universitetga xizmat safari kutilmoqda.

  Safar davomida institut institut rektori Sechenov Universitetining Ye.V. Borovskiy nomidagi Stomatologiya institutida boʻlib oʻtadigan “X Lektorskiy den v Institute stomatologii” anjumanida ishtirok etadi. Shu bilan bir qatorda safar davomida Sechenov Universitetining rahbariyat xodimlari bilan ishchi uchrashuv boʻlib oʻtadi. Uchrashuv doirasida Samarqand davlat tibbiyot instituti va Sechenov Universiteti oʻrtasida oʻquv, ilmiy hamda professor-oʻqituvchilar va talabalar akademik almashinuv loyihalarini rivojlantirish masalalari muhokama etiladi.

Xalqaro aloqalar boʻlimi