Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Institutda “Rektor va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi

  Mamlakatimizda yoshlarga bo‘lgan e’tibor, o‘sib kelayotgan barkamol avlodga bo‘lgan g‘amxo‘rlik davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgani bilan ahamiyatlidir. Yoshlarga qaratilgan e’tibor, ularni qo‘llab - quvvatlash kun sayin ortib borayotgani ular uchun ko‘plab imkoniyatlar eshigini ochib bermoqda. Zero yoshlar - vatan kelajagi, ertangi kunning bunyodkorlaridirlar.

  7 aprel kuni Samarqand davlat tibbiyot instituti rektori professor Jasur Rizaev institutni bir guruh faol yoshlari bilan uchrashdi. Institut rektori uchrashuvni boshlab Prezidentimizning yoshlarga bildirgan fiklari, ularga yaratilayotgan imkoniyatlar, institutda bo‘layotgan o‘zgarishlar haqida batafsil gapirib berdi. Muloqot davomida Jasur Alimjanovich talaba-yoshlarni yanada faollikga chorladi, fakultetlarda jamoatchilik nazoratini o‘rnatishga, ijtimoiy tarmoqlarda fakultutlar xayotini faolroq yoritishga chaqirdi. Talabalarimiz Xalqaro olimpiada va ko‘rik-tanlovlarda qatnashish orqali institut nufuzini yanada oshirish masalasi alohida ta’kidlandi.

  Uchrashuv samimiy, do‘stona ruhda o‘tkazildi va talabalar o‘zlarining fikr-mulohazalari, yutuqlari va kelajakdagi rejalari haqida gapirdilar. Uchrashuv davomida institutda joriy qilingan “Rektor stipendiyasi”ni 2020/2021 o‘quv yili bo‘yicha 35 nafar g‘oliblari, “Imago Anatomica Vesalius” xalqaro onlayn tanlovini 5 nafar g‘olibi, “VolgaMedScience” xalqaro ishtirokidagi yosh olimlar va talabalarning Butunrossiya ilmiy-amaliy konferensiyasining tanlovida 3 nafar g‘oliblariga sertifikatlar topshirildi.

  Ochiq muloqot davomida yoshlar erishayotgan yutuqlari, o‘zlarini qiynayotgan turli muammo va masalalar yuzasidan erkin fikr bildirdi.

SamDTI matbuot xizmati