O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 1-fevraldagi buyrug‘iga muvofiq Samarqand davlat tibbiyot institutining quyidagi talabalari:
tibbiy pedagogika fakulteti 6-bosqich talabasi Shopulatova Zarina Abdumo‘min qizi respublika oliygohlari talabalari ichidan “Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot” yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi sohibi;
pediatriya fakulteti 6-bosqich talabasi Shamsieva Laylo Alisherovna tibbiyot oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun joriy qilingan “Ibn Sino” nomidagi Davlat stipendiyasi sohibi;
stomatologiya fakulteti 5-bosqich talabasi Qamariddinzoda Malikabonu Qamariddinovna oliy o‘quv yurtlar uchun joriy qilingan “Islom Karimov” nomidagi Davlat stipendiyasi sohibi sifatida tasdiqlandilar.
Yuqori natijalar bilan talabalarimizni tabriklaymiz va yangi xayotiy omadlar tilab qolamiz!
SamDTI matbuot xizmati