6 fevral kuni Samarqand davlat tibbiyot instituti Katta majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi A.T. Yusupov bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda institutni professor-o‘qituvchilari, doktorantlari va mustaqil izlanuvchilari ishtirok etdilar.
Uchrashuvni ochib berishda institut rektori professor Jasur Rizaev mazkur tashrif uchun Axmadbek Tadjievich Yusupovga minnatdorchilik bildirib respublikamizda ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanish uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlarni ta’kidlab o‘tdi. O‘zini chiqishida OAK raisi oliy malakali kadrlarni tayyorlashdagi islohotlar, oliyta’limdan so‘nggi ta’limda rejalashtirilayotgan yangiliklar, ilmiy daraja va unvonlar talablari attestatsiyasini yengillashtirish hamda tayyorlayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari sifatini ko‘tarish bo‘yicha tashabbuslar haqida batafsil ma’lumotlar berdi. Uchrashuv, ishtirokchilarning qizg‘in savol-javoblari orqali, ochiq munozara shaklida olib borildi.
O‘tkazilgan uchrashuvda viloyatimizni boshqa oliygohlarini vakillari ham ishtirok etdilar.
SamDTI matbuot xizmati