2021 yil 28 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari kichik mutaxassislarni tayyorlash markazida Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi va Samarqand Davlat tibbiyot instituti bilan hamkorlikda o‘quv seminar o‘tkazildi. Uchrashuvda O‘zR MV MHO rahbariyati, SamDTI rektorati, professor-o‘qituvchilar va talabalar vakillari ishtirok etdilar.
O‘quv seminarni o‘tkazishdan asosiy maqsad harbiy tibbiyotga yangi yo‘nalishlarni tadbiq etish yuzasidan ilmiy-tadqiqot ishlarining hozirgi ahvoli va ushbu masalaning amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tadbirlarga aniqliklar kiritish hamda Samarqand Davlat tibbiyot instituti bilan hamkorlikni keng yo‘lga qo‘yish bo‘ldi.
Tadbir boshlanishida Samarqand Davlat tibbiyot instituti rektori prof. J.A. Rizaev harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining jangovar tayyorgarlik bo‘yicha o‘rinbosari polkovnik P.Sotivoldiev ishtirokchilarga o‘zlarini qutlov so‘zlarini. Chiqishlar qilan ma’ruzachilar Qurolli Kuchlarimizni isloh etish va yanada rivojlantirish borasida o‘tkazilayotgan tadbirlarni o‘z vaqtida hamda samarali bajarilishida tibbiyot ta’minoti xizmatining tutgan o‘rni va sohaga doir olib boriladigan tadbirlar samaradorligini oshirish, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolariga tibbiy yordam tashkillashtirishda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, harbiy okrug tibbiyot xodimlarini malakasini hamda ilmiy salohiyatni oshirish maqsadida Samarqand Davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari yaqindan hamkorlik qilish kabi masalalar muhokama qilindi. Savol-javob tarzida o‘tgan o‘quv seminarda soha mutaxassislari kun tartibidagi masalalar yuzasidan o‘zaro fikr almashishdi. Tashkilotchilar to‘laqonli hamkorlik ishlari boshlanganligi munosabati bilan esdalik sovg‘alar bilan ham almashishdilar.
Tadbir davomida kichik mutaxassislarni tayyorlash Markazida mavjud zamonaviy qurol-aslahalarning ko‘rgazmasi hamda Samarqand harbiy gospitalining tibbiy jihozlar moddiy bazasi namoyishi o‘tkazilib SamDTI o‘qituvchilari va talabalarini katta qiziqishlarini uyg‘otdi.
O‘quv seminari yakuni bo‘yicha Harbiy okrug qo‘mondonligi va Samarqand Davlat tibbiyot instituti bilan hamkorlikda bu kabi tadbirlarni doimiy ravishda o‘tkazib borish bo‘yicha kelishib olindi.
SamDTI matbuot xizmati