30 yanvar kuni diplomdan keyingi fakulteti terapiya kafedrasi mudiri dotsent I.R. Agababyan tomonidan viloyat ko‘ptarmoqli shifoxonasi shifokorlari va tibbiyot xodimlari uchun «Covid-19 haqida biz bugun nimani bilamiz?» mavzuida ochiq ma’ruza o‘tkazildi.
Ma’ruzachi tomonidan Covid-19 epidemiologiyasi, klinikasi, tashxisi va davolashi haqida batafsil tushunchalar berilib, koronavirusli infeksiya bilan chalinganlar va ularni oila a’zolarini davolash, aholi orasida targ‘ibot ishlarini kuchaytirish masalasi alohida ta’kidlandi. Ma’ruza interfaol uslubda, videomateriallar, shifokorlik amaliyoti va jahon tibbiyotidan ko‘plab misollarni keltirilgan holda o‘tkazildi.
Ishtirokchilar tomonidan tushgan ko‘plab savollarga ilmiy asoslangan javoblar qaytarildi.
SamDTI matbuot xizmati