21 yanvar 2021 yil Samarqand davlat tibbiyot institutida taniqli olim, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasini a’zosi, O‘zbekiston akusherlik maktabini asoschisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, tibbiyot fanlari doktori, professor Islom Zoxidovich Zokirovni 95-yilligiga bag‘ashlangan “Ayol sog‘ligi – millat sog‘ligi” Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.
Samarqandda o‘tkazilgan Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya Sharja tibbiyot Universiteti (BAA), Tibbiyot Universiteti (Isroil), N.I. Pirogov nomidagi tibbiyot ilmiy-tadqiqot universiteti, Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti, Astraxan davlat tibbiyot universiteti, Kemerovo davlat tibbiyot universiteti (Rossiya), Milliy tibbiyot universiteti (Odessa, Ukraina), Qozog‘iston, Tojikiston va O‘zbekistonni barcha oliy tibbiyot oliygohlari bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Xalqaro anjumanda buyuk shifokor, zamondoshlari tomonidan “XX asr Ibn Sinosi” faxriy unvoniga sazovor bo‘lgan olimni xayot yo‘li, ilmiy merosi, akusherlik-ginekologiya bo‘yicha yaratilgan ilmiy maktabi, ayollar va bolalar sog‘ligini asrash bo‘yicha erishilgan yutuqlari, zamonaviy akusherlik va ginekologiyani dolzarb masalalari muhokama etildi.
Konferensiya ishtirokchilariga O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari E.E. Basitxanova, O‘zbekiston va Rossiya FAlarini a’zosi Sh.I. Karimov, Turkiyani Sog‘lik universiteti rektori Cevdet Erdol, Rossiya Volgabo‘yi tadqiqot tibbiyot universiteti rektori N.N. Karyakin, Ukraina Ternopol milliy tibbiyot universiteti rektori M.M. Korda, Qozoq milliy tibbiyot universiteti rektori T.S. Nurgojin, Tojikiston davlat tibbiyot universiteti rektori M.K. Gulzoda, SamDTI rektori J.A. Rizaev, bir qator jahon ilmiy muassasalar va xususiy klinikalar rahbarlari o‘zlarini qutlov so‘zlarini yo‘lladilar.
Yalpi majlisda Akademik I.Z. Zokirovni sharafli xayot yo‘li, serqirra faoliyati, respublikamizda onalik va bolalikni himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari, yaratilgan ilmiy maktabi, tarbiyalagan 80 ortiq fan nomzodlari va doktorlari, zamonaviy akusherlik va ginekologiyani bir qator dolzarb masalalari haqida ma’ruzalar eshitildi. Konferensiyani asosiy ishi sho‘balarda - “Onalar va bolalar sog‘lig‘ini saqlash – zamonaviy tibbiyotni ustuvor yo‘nalishi”, “Ginekologik amaliyotni dolzarb masalalari”, “Perinatal tibbiyotni dolzarb masalalari”, “Akusherlik va ginekologiyada shoshilinch holatlar” davom ettirilib ularda 80 ortiq dolzarb ma’ruzalar qilindi.
Xalqaro konferensiyada anjuman ilmiy ishlarini o‘zida mujassam etgan SamDTIda nashr qilinadigan “Biologiya va tibbiyot muammolari” xalqaro jurnalini navbatdagi soni va akademik I.Z.Zokirovni “Tanlangan ilmiy asarlari” kitobini taqdimotlari ham o‘tkazildi.
Samarqand davlat tibbiyot institutida bo‘lib o‘tgan Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya shubhasiz respublikamiz tibbiyotida avlodlararo ilmiy merosini asrash, tibbiyot sohasini eng zamonaviy ilmiy yutuqlar bilan boyitish, malakali tibbiyot kadrlarini tarbiyalash, tibbiyot oliygohlarini chet ellik universitetlari va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan munosabatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
SamDTI matbuot xizmati