Hurmatli professor-o‘qituvchilar, ishchi xodimlar va talabalar! Sizlarni barchalaringizni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 29 yilligi hamda Vatan himoyachilari Kuni bilan chin qalbdan tabriklayman!
Pandemiya boshgangandan buyon institutimizni ko‘plab o‘qituvchilari va xodimlari koronavirus infeksiyasi bilan olib borayotgan kurashda faol bo‘lib, mamlakatimizda osoyishtalik yana xukmron bo‘lishiga o‘zlarini munosib hissalarini qo‘shdilar va so‘zsiz haqiqiy Vatan himoyachilariga aylandilar.
Yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligi uchun butun borlig‘ini bag‘ishlab xizmat qilayotgan qadrli harbiylarimizga esa alohida minnatdorlik bildiraman!
Barchalaringizga sihat-salomatlik, oilalaviy farovonlik, ishlaringiz va kasbu koringizga omadlar doim yor bo‘lishini tilab qolaman! Bayram muborak bo‘lsin!!!
SamDTI rektori prof. J.A. Rizaev