2020 yil 17 iyun kuni Samarqand Davlat tibbiyot institutida Toshkent Davlat stomatologiya instituti bilan hamkorlikda «Aholi salomatligini muhofaza qilishning zamonaviy yutuqlari va rivojlanish istiqbollari» xalqaro ilmiy-amaliy onlayn konferensiya o’tkazildi.
Halqaro ilmiy onlayn anjumanda O’zR Sog’liqni saqlash vazirligi, SamDTI, TDSI, TTA, ToshPTI, IIV Akademiyasi, ToshVMOI, sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tekshirish instituti hamda bir qator xorijiy hamkorlar – Nyu-York Davlat Universiteti (AQSh), Korey Universiteti (Korey Respublikasi), A.I. Yevdokimov nomidagi Moskva davlat tibbiy-stomatologiya instituti (RF), Karaganda davlat tibbiyot universiteti (Qozig’iston), «Gano Excel Industries» (Malayziya) vakillari ishtiroq etdilar.
Halqaro konferensiyani kirish so’zlari bilan SamMI rektori prof. J.A. Rizayev va TDSI rektori v.v.b. t.f.d. A.M. Xaydarov ochib berdilar. Qutlov so’zlarida tashkilotchilar barcha ishtiroqchilarga o’zlarini minnatdorchiliklarini bildirib o’ztkazilayotgan anjumanni asosiy maqsadlari bu zamonaviy sog’liqni saqlash ustuvor masalalari, jumladan sog’lom turmush tarzini shakllantirish, yuqumli va yuqumli bo’lmagan kasalliklarni oldinini olish, kasallarni oldinini olish va profilaktika qilish kabilarni muhokama qilish haqida ta’kidladilar.
Onlayn-konferensiya ma’ruzalarida zamonaviy tibbiyotni keng masalalari, xususan O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligida qo’llaniladigan yangi mahalliy pestisidlarini qo’llashda aholi salomatligi va atrof-muhitni muhofaza qilish, sog’liqni saqlash tizimini isloh qilish sharoitida rahbar xodimlarning uzluksiz kasbiy tayyorgarligini tashkil etish, valeogenez va inson salomatligini boshqarish mexanizmlari, O’zbekiston Respublikasining oziq-ovqat va ichimlik suvida sun’iy radionuklidlarning tarkibi, Ganoderma Lucidumni surunkali kasalliklar va saraton kasalligini davolash uchun immunoterapiyada qo’llash, O’zbekiston sharoitida tuproqning kimyoviy tarkibining o’ziga xosligi va aholi salomatligi, Samarqand viloyati aholisini exinokokkoz kasalligini aniklash uchun seroepidemiologik tekshirish, Inson salomatligiga ta’sir etuvchi atrof muhit omillarini o’rganishning zamonaviy usullari tahlili muhokama etildi.
Barcha mu’ruzalar mukammal qilingan taqdimotlar asosida bo’ldi. Anjuman munozaralarga boy bo’ldi, barcha ishtiroqchilar berilgan savollariga javoblarni oldilar.
«Aholi salomatligini muhofaza qilishning zamonaviy yutuqlari va rivojlanish istiqbollari» xalqaro ilmiy-amaliy onlayn konferensiyasi aholi o’rtasida tibbiy madaniyatni oshirish, sog’lom turmush tarzini shakllantirish, profilaktik tibbiyotni ommalashtirish, sport va jismoniy harakatni kundalik hayotga kiritish va valeologik prinsiplarni hayotiy prinsiplarga aylantirish kabi dolzarb muammolarni hal qilishda o’z hissasini qo’shadi.
SamDTI rektori prof. J.A. Rizayev o’zining kirish so’zi bilan hadqaro onlayn konferensiyani ochmoqda
Xalqaro anjuman Toshkent Davlat stomatologiya instituti bilan hamkorlikda o’tkazildi
Xalqaro ilmiy onlayn anjumanda O’zR Sog’liqni saqlash vazirligi, SamDTI, TDSI, TTA, ToshPTI, IIV Akademiyasi, ToshVMOI, sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tekshirish instituti hamda bir qator xorijiy hamkorlar – Nyu-York Davlat Universiteti (AQSh), Korey Universiteti (Korey Respublikasi), A.I. Yevdokimov nomidagi Moskva davlat tibbiy-stomatologiya instituti (RF), Karaganda davlat tibbiyot universiteti (Qozig’iston), «Gano Excel Industries» (Malayziya) vakillari ishtiroq etdilar
Onlayn-konferensiya ma’ruzalarida zamonaviy tibbiyotni keng masalalari, xususan O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligida qo’llaniladigan yangi mahalliy pestisidlarini qo’llashda aholi salomatligi va atrof-muhitni muhofaza qilish ...
... Ganoderma Lucidumni surunkali kasalliklar va saraton kasalligini davolash uchun immunoterapiyada qo’llash masalalari muhokama qilindi.
SamDTI Matbuot xizmati