×
Menu
Close Menu

Ilmiy to'garak

    Kafedramizda talabalar ilmiy jamiyati tashkil qilingan. Xozirgi kunda kafedra Terapevtik Stomatologiya fakultetining 3 va 4 kurs talabalari orasidan 25 nafar talaba aʼzo boʼlgan. Talabalar ilmiy jamiyati boʼyicha masʼul assistant Marupova М.Х. talabalarga “ Terapevtik stomatologiya” va“ “Paradontalogiya”, yoʼnalishlari boʼyicha maʼruza va maxorat darslarini oʼtib kelmoqdalar.

    " Terapevtik stomatologiya” va“ “Paradontalogiya” kafedrasida talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari "Yosh ma'naviyatchilar" deb nomlangan talabalar ilmiy to'garagi yig'ilishlarini tashkil etish, Samarqand Davlat tibbiyot universitetida bo'lib o'tgan xalqaro va respublika talabalarining ilmiy-amaliy konferentsiyalari doirasida alohida sho’ba yig’ilishlarini o'tkazish orqali amalga oshiriladi. Talabalar ilmiy-tadqiqot ishlarining respublika tanlovlari uchun ijtimoiy-gumanitar bilimlarning dolzarb muammolari, zamonaviy tibbiyotning falsafiy, uslubiy va bioetik muammolari bo'yicha tadqiqot ishlarini tayyorlashadi.

    Tibbiy bilimlar va faoliyatning ijtimoiy-gumanitar muammolariga, bo'limga qiziqqan barcha talabalar, to'garak a'zolarining yutuqlarini rag'batlantirgan holda, hamkorlikka chaqiradilar.

    Maqsad va vazifalari:

-Iqtidorli talabalarni xalqaro va Respublika ilmiy – amaliy konferensiyalarga tayyorlash.

-O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyasi hamda nomli Davlat stipendiyalariga nomzodlar tayyorlash va fan bo’yicha o’zlashtirish ko’rsatkichlarini o’rganish

-Talabalar ilmiy to’garagining ish rejasini tasdiqlash va bajarilishi ustidan tayyorgarlik ko’rish

-“Rektor stipendiyasi”ga mos nomzodlarni komissiyaga taqdim etish . To’garak a’zolarini tanlab olish, ularning ilmiy ishlari yo’nalishlarini belgilash. Amaliy ko’nikmalarni bajarish

-Terapevtik stomatologiyada tishlar kariesi. To’garak qatnashuvchilariga ilmiy

mavzular bo’yicha yig’ilgan ma’lumotlarni statistic taxlil qilishni o’rgatish va nazorat qilish. Terapevtik stomatologiyada og’riqsizlantirish. Usullari va o’tkazish texnikasi.

-Samarqand 2020 4- xalqaro fan olompiadasiga talabalarni tayyorlash va ishtirokini ta’minlash.

-Terapevtik stomatologiyada periodont kasalliklarini davolash.

-Kafedra ilmiy to’garagida talabalarni ilmiy-tadqiqotlarning birlamchi hujjatlarini qayd qilish va olib borishni o’rgatish. -Talabalarni Respublika va xalqaro konferensiyalarda qatnashishga tayyorlash

-Endodontiyada qo’llaniladigan tibbiy vositalarni “Master klass” da ko’rsatish

-To’garakda ish olib borayotgan talabalarni universitet tomonidan tashkil qilinadigan ilmiy konferensiyalarga faol qatnashish, tezislar yozish va doklad bilan chiqishga tayyorlash.

-Ilmiy to’garak faoliyatini tahlil etish va samaradorligini oshirish

-Talabalarning ilmiy maqolalar tayyorlash bo’yicha ko’nikmalarini oshirish

-Talabalarda tibbiyot fani muammosiga noananaviy yondashish va ularning yechimini topish maxoratini shakillantirish

-Talabalarni birlamchi tekshiruv materiallarni yuritish bo’yicha saviyalarini oshirilishi

-Iqtidorli talabalrning birlamchi tekshiruv materiallarini yuritish bo’yicha savodxonligini oshiris

-Talabalarda ilmiy maqolalar yozish va bibliografik savodxonlikni yaxshilash

-Iqtidorli talabalarning birlamchi tekshiruv materiallarini yuritish buyicha bilim saviyalarini oshirish

-Iqtidorli talabalarning fanlarni o’zlashtirishi nazorat etiladi

-Har bir talabaga aniq vazifa berish va ilmiy rahbarga biriktirish

-Me’yoriy hujjatlarni tartibga keltirish, ish jarayonini yaxshilash

-Fan bo’yicha iqtidorli talabalar zaxirasini tayyorlash

-Talabalarning ilmiy maqolalarni tayyorlash. Prezentasiya o’tkazish bo’yicha ko’nikmalarni oshirish

    To'garak faoliyati uchun mas'ul rahbar o'qituvchi Мarupova Madina Xikmatullayevna.