Fakultet kvalifikatsiyasi: 5510500 - Farmatsiya (turlar bo'yicha) yo’nalishi bo’yicha bakalavrlarning kasbiy faoliyati quyidagilarni qamrab oladi:
Farmatsiya (turlar bo'yicha) yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlovchi oliy ta'limning o‘quv reja va fan dasturi asosida amalga oshiriladi, uning nazariy va amaliy mashg‘ulotlarini to‘liq o‘zlashtirgan, yakuniy davlat attestasiyasidan muvaffaqiyatli o‘tgan shaxsga «bakalavr» malakasi (darajasi) hamda oliy ma'lumot to‘g‘risidagi davlat namunasidagi rasmiy hujjat(lar) beriladi. O‘zlashtirish me'yoriy muddati - 5 yil.
Farmatsiya (yunoncha: pharmakeia — dori; dori ishlatish) — dori vositalari va tibbiy buyumlar yaratish boʻyicha izlanishlar, tadqiqotlar, shuningdek, ularni ishlab chiqarish, tayyorlash, sifatini nazorat qilish, standartlash usullari, davlat roʻyxatidan oʻtkazish, saqlash, ular haqida axborot berish, dorixona va davolash muassasalariga yetkazib berish va sotish kabi vazifalarni oʻz ichiga oladigan ilmiy-amaliy faoliyatlar majmui.