×
Menu
Close Menu

Ilmiy to'garak

Samarqand Davlat tibbiyot universiteti “yuz-jag’ jarrohligi kafedrasi “OLTIN QO’LLAR” talabalar ilmiy jamiyati ma’suli, kafedra assistenti

Maqsudov Dilshod Davronovich

  To'garak faoliyati uchun mas'ul rahbar assistent Maqsudov Dilshod Davronovich, bugungi kunda u ilmiy faoliyat bilan shug’ullanib kelmoqda, hozirga qadar uning 2 ta o’quv qo’llanma, 2 ta uslubiy tavsiyanoma, 2 ta DGU, 1 ta SCOPUSda chop etilgan ilmiy maqola, shuningdek 25 dan ortiq xalqaro va respublika doirasida nashr etilgan ilmiy maqolalarning muallifi.

  "Yuz-jag’ jarrohligi" kafedrasida talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari "OLTIN QO’LLAR" deb nomlangan talabalar ilmiy to'garagi yig'ilishlarini tashkil etish, Samarqand Davlat tibbiyot universitetida bo'lib o'tgan xalqaro va respublika talabalarining ilmiy-amaliy konferentsiyalari doirasida alohida sho’ba yig’ilishlarini o'tkazish orqali amalga oshiriladi. Talabalar ilmiy-tadqiqot ishlarining respublika tanlovlari uchun ijtimoiy-gumanitar bilimlarning dolzarb muammolari, zamonaviy tibbiyotning falsafiy, uslubiy va bioetik muammolari bo'yicha tadqiqot ishlarini tayyorlashadi.

  To’garak sardori Ziyodullayeva Munisa Sobirjonovna, stomatologiya fakulteti 5 – kurs talabasi, 10 dan ortiq xalqaro va resbublika doirasida maqolalar muallifi va xammuallifi hisoblanadi. Ziyodullayeva Munisa Sobirjonovna 1-kurs talabalik davridan boshlab o’zining zukkoligi,jamoat va o’quv ishlarida faolligi,bilimga chanqoqligi bilan ajralib turadi. O’zining kamtarin va xushmuomalaligi bilan ustozlar mehrini qozongan. Ziyodullayeva Munisa Sobirjonovna “Yuz-jag’ xirurgiyasi’’kafedrasida talabalar ilmiy jamiyatining sardori sifatida qolgan TIJ a’zolariga o’rnak bo’lib Universitet,Respublika va xalqaro miqyosdagi olimpiadalar, seminar va konferensiyalardafaol qatnashib faxrli o’rinlarni egallab kelmoqda va ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

  To’garak a’zolari respublika va xalqaro oliy ta’lim muassalarida o’tkazilib kelinadigan ,,SAMARKAND-2020’’, Abu Ali ibn Sino talimotidan-3-renessansgacha’’nomli 2-xalqaro talabalar onlinefan olimpiadasida, Tojikiston Respublikasida o’tkazilib kelinadigan Xalqaro tibbiyot talabalari ,,Olimpiada-2022’’ olimpiadasida, Germaniyaning MEGADENTA kompaniyasi tomonidan o’tkazilgan ,,MEGA MASTER’’ko’rik tanlovlarida, Germaniyaning IVOCLAR VIVADENT kompaniyasi va Samarqand Davlat tibbiyot Universiteti tomonidan o’tkaziladigan ,,Stomatologiyada estetik restavratsiya mahorati’’ xalqaro ilmiy-amaliy olimpiadalaridaishtirok etishib faxrli o’rinlarni qo’lga kiritib kelishmoqda. Bundan tashqari to’garak a’zolari ko’plab maqolalari bilan xalqaro konferensiyalarda qatnashib kelmoqda vaxalqaro konferensiyalarni qatnashuvchisi sifatida sertifikatlarni egallamoqda. Shuningdek TIJ doirasida turli mavzularda master klass va seminarlar o’tkazib kelinmoqda.

  Kafedrada bo’lib o’tiladigan TIJ mahorat darslari universitet tomonidan tasdiqlangan yillik, oylik rejalar asosida yuz-jag’ jarrohligi kafedrasida va  Samarqand Davlat tibbiyot universiteti qoshida tashkil etilgan SIMULYATSION CENTRda doimiy o’tkazilib boriladi.

I.K.Oxunboyeva nomidagi Qirg’iziston Davlat tibbiyot akademiyasi “Jarrohlik stomatologiyasi va yuz-jag’ xirurgiyasi kafedra mudiri, prfessor Bakiyev Baxtiyor Abdullayevich tomonidan TIJ a’zolari uchun o’qilgan  ma’ruzasidan foto lavha

Yuz jag’ xirurgiyasi kafedrasida kaefdra mudiri va kafedra professor-o’qituvchilari bilan birgalikda olib boriladigan TIJ faoliyatidan foto lavha



‘Kafedra talabalar ilmiy jamiyatining Samarqand davlat tibbiyot universiteti qoshidagi SIMULYATSION CENTR da bo’lib o’tgan mahorat darslaridan foto lavha


Kafedra TIJ a’zolarinining xalqaro olimpiadalarda ishtirokidan foto lavha