×
Menu
Close Menu

Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari

  Kafedra xodimlari ilmiy-tadqiqot zamonaviy stomatologiyaning dolzarb muammolarini aniqlash, ilmiy yangiliklar yaratish, yangicha davolash turlarini yaratish, talabalarni yangicha o‘qitish tizimida tashkil qilish ustida ishlamoqdalar.

  Kafedraning barcha xodimlari kafedra va universitet ilmiy-tadqiqot ishlarida faol qatnashmoqdalar. Kafedramizda 3 nafar fan nomzodi quyidagi mavzularda fan nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilganlar:

  1. Xazratov Alisher Isamiddinovich- himoya qilgan mavzulari: “Yo‘g‘on ichak raki bilan og‘rigan bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘ining morfofunksional holati (klinik-eksperimental tadqiqot)”.
  2. Hasanov Ilhom Ikromovich- himoya qilgan mavzulari: “Tish implantatsiyasi yordamida yuqori jag' distal qismidagi tish nuqsonlari bo'lgan bemorlarni kompleks reabilitatsiya qilish”.
  3. Ismatov Farrux Asliddinovich- himoya qilgan mavzulari: “Oliy o'quv yurtlari talabalarining stomatologik kasalligi va uning oldini olish yo'llari”.

  Hozirgi kunda kafedramizning 5 nafar mustaqil izlanuvchi va 2 nafar doktorant xodimlari ish faoliyatini faol tarzda olib bormoqdalar. Xodimlarimiz quyidagi ilmiy mavzularda ilmiy ish olib bormoqdalar:

  1. Buzrukzoda J.D. – “Jag‘lar suyak to‘qimasining atrofiyasi sharoitida suyakning yo‘naltirilgan regeneratsiyasini optimallashtirish”.
  2. Musurmonov F.I.- “Лечение флегмон челюстно-лицевой области у пациентов с метаболическим синдромом в сочетании с дисбиозом кишечника”.
  3. Isayev U.I.- “Olingan tish bulagidan foydalangan xolda suyak xajmini saklab kolishni takomillashtirish”.
  4. Furkatov Sh.F.- “Ortodontik davolanishga muhtoj bemorlarda parodontal to'qimalarning klinik va diagnostik holati”.
  5. Narziyeva D.B.- “Fitoterapiya bilan birgalikda antibakterial preparatni limfotrop yo'l bilan kiritish bilan yuz-jag' sohasidagi furunkullar va karbunkulalarni kompleks davolashni takomillashtirish”.
  6. Isxakova Z.Sh.- “Zamonaviy bog'lov materiallaridan foydalangan holda yuz-jag' sohasining yiringli-yallig'lanish kasalliklarini davolash samaradorligini oshirish”.
  7. Bekmuratov L.R.- “Turli xil jarrohlik davolash usullaridan foydalangan holda bir vaqtning o'zida tish implantatsiyasini qiyosiy baholash”.

  Kafedra xodimlarining faolligini quyidagi chet el va Respublikamizda amalga oshirilgan akademik mobillik hamda ilmiy-amaliy konferensiyalardagi ishtirokida ko’rish mumkin:

  1. Abuali ibn Sino nomidagi Tojikiston Davlat Tibbiyot Universiteti.
  2. Privolsk tadqiqot tibbiyot universiteti, 19.05.2022 №278-А90.
  3. Samara davlat tibbiyot universiteti, 19.05.2022 №278-А90.
  4. S. D. Asfendiyarova nomidagi Qozoq milliy tibbiyot universitet. 18.11.2022.
  5. N. N. Burdenko nomidagi Voronej davlat tibbiyot universiteti "Jarrohlik stomatologiyasining dolzarb masalalari" xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi, 2022 yil 23 dekabr.
  6. “Tibet axborotnomasi klinikasi va poydevori” nomli xalqaro ishtirokida II ilmiy-amaliy konferensiya (Buxoro, 2022-yil 6 -7-dekabr)

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.10.2020 y. PF-6097-son "Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida"gi farmoniga binoan kafedramizda olib borilayotgan ilmiy ishlar salohiyati hamda ilmiy daraja va ilmiy unvonga ega bo’lgan xodimlarimiz soni kun sayin ortib bormoqda. So‘nggi bir yil ichida kafedra xodimlari tomonidan 146 dan ortiq ilmiy ishlar nashr etilgan, shu jumladan 1 ta elektron darslik, 5 ta o'quv qo'llanma, 2 ta monografiya, 3 ta elektron dastur(DGU), va OAK ro`yxatidagi respublika va xalqaro jurnallarda 135 dan ortiq maqolalar.