Dilmuradova Klara Ravshanovna
Dotsent
Qabul vaqti: | Dushanba – Shanba soat 8.30-15:00 |
Tel: | +99890 271 14 85 |
E-mail: | vmofneonatologiya.km@mail.ru |
Manzil: | Sugdiyona masivi, A.Rozi, 2. Viloyat perinatal Markazi. |
Kafedra a'zolari
F.I.SH | Lavozimi |
Dilmuradova Klara Ravshanovna | Docent |
Xazratqulova Mashxura Ismatovna | Uqituvchi |
KAFEDRA TARIXI
SamDTI DKTF neonatologiya kursi 1996 yil 2 mayda SamDTI rektorining №98-sonli buyrug'iga asosan Samarqand shahridagi 4-sonli tug'ruq majmuasi bazasida shifokorlar malakasini oshirish fakulteti akusherlik va ginekologiya kafedrasida neonatologiya kursi tashkil etilib 3nafar xodim ish faoliyatni boshlagan.
Kurs yaratilishidan boshlab to hozirgi kunga qadar kursda faoliyat olib borgan xodimlarlar: kurs rahbari, tibbiyot fanlari doktori Dilmuradova K.R., tibbiyot fanlari nomzodi Saidmurodova R.S., Tuxvatulina R.R., Abdusalomov A.A va Bazarova X.R. Hozirgi kunda kursda faoliyat olib borayotgan xodimlar: tibbiyot fanlari doktori, dotsent Dilmuradova K.R. va assistent Xazratqulova M.I.
MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR
Har bir o'quv siklining boshida va har hafta kurs xodimlari ma'naviyat va ma'rifat soati o'tkazadilar. Tinglovchilar o'zlarini tanishtirib, kurs xodimlari bilan tanishadilar, hamda ularga kurs talab va majburiyatlari haqida tushuntiriladi. So'ngra institutning "Ma'naviat va ma'rifat" bo’limi rejasiga muofiq mavzularda hamda neonatologiya va perinatologiyada deontologiya mavzulariga oid suhbatlar o'tkaziladi. Kursantlar bilan o'qish davri mobaynida qadimiy ziyoratgohlar va Samarqand shahrining boshqa diqqatga sazovor joylariga sayohatlar o'tkaziladi.
O’QUV-USLUBIY ISHLARI
Kursda O'zbekiston Respublikasining Janubi - G'arbiy mintaqasining 7 ta: Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Navoiy, Buxoro va Xorazm viloyatlaridan kelgan neonatolog shifokorlar va umumiy amaliyot shifokorlari ta’lim olmoqdalar. O’qitish darslari O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash tomonidan tasdiqlangan namunaviy dasturlar, shu bilan birgalikda Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining Xalqaro dasturlari bo'yicha amalga oshiriladi: Tirik va o'lik tug'ilish mezonlari, Ko'krak suti bilan boqish, perinatal parvarish qilish, perinatal parvarish qilish samaradorligida OIVning onadan bolaga o’tishini oldini olish va integratsiyalash, Chaqaloqlar o'limni tahlil qilish, yangi tug'ilgan chaqaloqlarni jonlantirishni VI qayta ko’rib chiqilishi, chaqaloqlarning yashab qolishlariga yordam berish. Kurs xodimlari tomonidan quyidagi o'quv adabiyotlar chop etilgan.
ILMIY TADQIQOT ISHLARI
Kurs xodimlari ish faoliyati davomida tibbiyot fanlari doktori ilmiy darajasi uchun 1nafar dissertatsiya himoya qilingan (Dilmuradova K.R.); 1 monografiya, 1 o'quv qo'llanma, 8 o'quv metodik qo'llanma, 20 uslubiy ishlanma, 200 dan ortiq maqola va tezislar nashr etilgan.1 nafar tibbiyot fanlari doktori (Axmedjanova N.I.) tayyorlandi. Hozirgi kunda kurs xodimlari "Neonatal davr fiziologiyasi va patologiyasi" muammosi bo'yicha ilmiy ishlar olib borilmoqda.