×
Menu
Close Menu

Kafedra o'quv va o'quv-metodik ishlari

  Pedagogika va psixologiya kafedrasida Pediatriya, Davolash, Stomotalogiya fakultetlarining 2-kurs talabalariga “Pedagogika va psixologiya” fanidan, Tibbiy biologiya fakultetining 2-kurs talabalariga “Kasbiy pedagogika, Kasbiy psixologiya” fanidan, Tibbiy pedagogika fakultetining 3, 4, 6-kurs talabalariga “Kasbiy pedagogika”, “Ta’lim texnologiyalari”, “Kasbiy ta’lim metodikasi” o’qitiladi.


  O’qitish har bir kurs va fakultet uchun quyidagi tasdiqlangan hujjatlar bo’yicha olib boriladi:

  – Kvalifikatsion xarakteristika;
  – Davlat standarti;
  – O’quv dasturi;
  – O’quv ishchi dastur;
  – Тa’lim texnologiyalariga quyidagilar kiritilgan:
  – O’zR SSV №80 buyrug’iga asosan o’zgartirishlar;
  – tasdiqlangan tashxis standartlari;
  – xalqaro tavsiyalar;
  – zamonaviy ta’lim texnologiyalari (grafik organayzerlar, keys texnologiya va proekt usuli).


  O’qitish jarayonida quyidagi texnik ta’minotlar mavjud:
  Telekommunikatsion tizim tashkil qilingan bo’lib, mavzuga oid videofilmlar,prezentatsiyalar, multimediya dasturlari, ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar markaziy kompyuterga ulangan televizorlar yordamida namoyish etiladi.

  Kafedra kutubxonasi:

  • Кutubxonada ingliz, o’zbek va rustillaridagi 40 dan ortiq o’quv adabiyotlar mavjud.
  • Elektron kutubxona darslik, atlaslar, o’quv qo’llanmalar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar va boshqalarni o’z ichiga oladi.