×
Menu
  • The State flag of the Republic of Uzbekistan
  • The State Emblem of the Republic of Uzbekistan
Close Menu

Registrator ofisi tomonidan taqdim etiladigan xizmatlar

Akademik (oʻquv) faoliyati boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar:

  • QR kodli diplom shakllantirish;
  • akademik maʼlumotnoma va transkript berish;
  • akademik mobillik asosida boshqa oliy taʼlim tashkilotiga ketgan talabalarning hujjatlarini tegishli tartibda rasmiylashtirish;
  • bitiruvchi talabalar uchun aylanma varaqa yaratish;
  • diplom dublikatini olish uchun ariza yuborishga koʻmaklashish;
  • imtihon natijalari boʻyicha apellyatsiya arizalarini qabul qilishni tashkil qilish;
  • imtihonlar roʻyxatini shakllantirish va talabaga taqdim etish;
  • Samarqand davlat tibbiyot universiteti talabalariga oʻqishni koʻchirish va qayta tiklash uchun ariza yuborishga koʻmaklashish;
  • Samarqand davlat tibbiyot universitetining magistratura bosqichiga kirish uchun abituriyentlarga onlayn ariza topshirishiga koʻmaklashish;
  • oliy taʼlim olganlik haqidagi diplom maʼlumotlarini qoʻshish yoki tahrirlash uchun talabgorlarga ariza yuborishga koʻmaklashish;
  • stipendiya va turli grant tanlovlarida ishtirok etish uchun ariza qabul qilish;
  • talabaga oʻzining GPA koʻrsatkichi haqida maʼlumotnoma taqdim etish;
  • talabalar davomatini amaldagi tartibga asosan sababli va sababsiz holatga oʻtkazish;
  • talaba uzrli sabablarga ko‘ra (kasal, yaqin qarindoshining betobligi yoki vafoti, tug‘ruq holati kabilar) oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turiga kirmagan talabalar uchun tegishli fanlardan shaxsiy grafik yaratish;
  • talabalar hujjatlarini qabul qilish va arxivga topshirish;
  • talabalarga imtihon natijalarini taqdim etish;
  • talabalarga qayta oʻqish uchun ariza berishga koʻmaklashish;
  • talabalarga turli xil maʼlumotnoma (oʻqish joyidan, harbiy boʻlimdan v.b.)lar berish;
  • talabalarga oʻquv varaqa taqdim etish;
  • talabalarga fan resurslari boʻyicha maʼlumot taqdim etish;
  • talabalarni HEMIS platformasida keyingi kursga oʻtkazish;
  • talabalarni oʻzlashtirish koʻrsatkichlari haqida maʼlumot taqdim etish;
  • talabalarning joriy, oraliq va davomat natijalariga koʻra yakuniy nazoratlarda ishtirok etishiga ruxsat berish;
  • talabalarning parolini tiklash;
  • talabalarning tyutorlar tomonidan to‘g‘ri to‘ldirilgan shaxsiy hamda oʻquv maʼlumotlarini tahrirlash;
  • talabalik guvohnomasini tayyorlash va talabalarga taqdim etish;
  • talabani bir guruhdan ikkinchi guruhga koʻchirib oʻtkazish;
  • tashqi xizmatlar: Ijtimoiy himoya reyestri va ayollar daftarida turuvchi talabalar yagona reestri bazasidan sinxronizatsiya qilib roʻyxat shakllantirish;
  • oʻqishini koʻchirishga tavsiya etilgan, o‘qishga tiklangan yoki kursda qolgan talabalarning o‘quv rejalaridagi fanlar farqini aniqlash;
  • oʻquv dasturlari haqida maʼlumot berish.

Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy faoliyat boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar:

  • talabalarga yotoqxonalarga joylashish uchun ariza berishga koʻmaklashish;
  • ijara subsidiyasi uchun ariza yozishga koʻmaklashish.

Xalqaro aloqalar faoliyati boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar:

  • talabalarga oʻqish joyidan ingliz tilida maʼlumotnoma berish;
  • turli xalqaro grantlar va akademik mobillik dasturlari boʻyicha maʼlumotlarni taqdim etish;
  • oʻqishga qabul qilingan xorijlik talabalarni elektron tizimda roʻyxatga olish va fanlarga biriktirish;
  • xorijiy oliygohlarda tahsil olishda konsultatsiya berish;
  • xorijlik talabalar uchun viza xizmatlarini amalga oshirish;
  • xorijlik talabalarga toʻlov-shartnomalarini taqdim etish;
  • xorijlik talabalarni Oʻzbekiston Respublikasida vaqtinchalik roʻyxatga qoʻyish xizmatlarini amalga oshirish;
  • xorijlik talabalarni oʻqishga qabul qilish boʻyicha konsultatsiya berish, ariza va talab etiladigan hujjatlarni koʻrib chiqish uchun qabul qilish;

Buxgalteriya va marketing boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar:

  • qayta oʻqishga shartnoma berish;
  • stipendiya toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish;
  • hisob varagʻini shakllantirib berish;
  • talabalarga toʻlov-shartnomasi olish uchun ariza berishga koʻmaklashish;
  • talabaning yotoqxonalarga joylashish shartnomasi boʻyicha qarzdorligi va haqdorligi haqida maʼlumot berish;
  • talabaning qayta oʻqish shartnomasi boʻyicha qarzdorligi va haqdorligi haqida maʼlumot berish;
  • talabaning toʻlov-shartnomasi boʻyicha qarzdorligi va haqdorligi haqida maʼlumot berish;
  • toʻlov-shartnoma summasi haqida maʼlumot berish;
  • bitiruvchi talabalarga boʻlgʻusi ish oʻrni toʻgʻrisida kengroq axborotlar berish, mehnat yarmarkalarni oʻtkazishga koʻmaklashish.

Ilmiy faoliyat boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar:

  • grantlar va tanlovlar haqida maʼlumot berish;
  • ilmiy konferensiyalar haqida maʼlumot berish;
  • innovatsion gʻoya va startaplarni roʻyxatdan oʻtkazishga koʻmaklashish;
  • nomdor stipendiyalar haqida maʼlumot berish;
  • ilmiy loyihalar toʻgʻrisida konsultatsiya berish;
  • ustoz-shogird maktabiga aʼzo boʻlishga koʻmaklashish.

Koʻrsatilishi zarur boʻlgan boshqa qoʻshimcha xizmatlar:

  • talabalarga tibbiy sugʻurta olish uchun yordam berish;
  • oʻqishga qabul va oʻqishni koʻchirish yuzasidan konsultatsiya berish;
  • talabalarga ishga joylashish borasida tavsiyalar berish;
  • talabalarga Samarqand davlat tibbiyot universitetida mavjud turli xizmatlar va resurslar haqida maʼlumot berish.