×
Menu
  • The State flag of the Republic of Uzbekistan
  • The State Emblem of the Republic of Uzbekistan
Close Menu

Urgut Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi

Fazliyev Mehrojiddin Shamsiddinovich

Urgut Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnkum direktori

Qabul vaqti: Dushanba-Shanba: 14:00-17:00
Tel:

+998 (90) 604 32 52

E-mail: urguttibbiyottexnikumi@mail.ru
Manzil:

Samarqand viloyati, Urgut tumani, pochvon ko‘chasi 12-uy


TARIXI


  Urgut Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi 2005 yil Urgut tibbiyot kolleji tashkil qilingan. 2019 yil 6-sentabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5812-sonli farmoni bilan professional ta’lim tizimiga o‘tish orqali qayta Urgut Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi maqomi bilan qayta tashkil qilindi. Urgut Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi manzili Urgut shahri Pochvon ko‘chasi 12-uy. Egalik huquqini beradigan kadastr xujjatlari mavjud. Urgut Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi 1 ta bino 3 qavatdan iborat, ta’lim muassasasi 720 loyixa quvvatiga ega, hozirda foydalanish holati yaxshi, nazariy va amaliy o‘quv xonalari soni 64 tani tashkil etadi.


MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLARI


  Urgut Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi asosiy faoliyatlardan biri talabalarda axloqiy qadriyatlarni, kasbiy faoliyatiga manfaatli (qiziquvchi) bo’lishni, sog’lom turmush tarzi zaruriy ehtiyojligini shakillantirish, ularni texnikumning ommaviy - madaniy tadbirlarga jalb etishdir. Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun texnikumda murabbiylar kengashi ish yuritmoqda, ular o’z faoliyatini tasdiqlangan rejaga muvofiq amalga oshiradilar. O‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida, turli xil fan to‘garaklari, ma’naviy-ma’rifiy hamda sport to‘garaklari tashkil etilgan.


O’QUV VA O’QUV-METODIK ISHLARI


  Urgut Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi o’qitishda har bir kurs va yo‘nalishlar uchun quyidagi tasdiqlangan hujjatlar bo’yicha jarayonlar olib boriladi:

  • Davlat ta'lim standarti;
  • Namunaviy o’quv dasturi;
  • Ishchi o’quv dasturi;
  • Ta’lim texnologiyalariga quyidagilar kiritilgan:
  • zamonaviy ta’lim texnologiyalari (grafik organayzerlar, keys texnologiya va proekt usuli).

  Urgut Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida 3 ta “Mutaxassislik fanlar” kafedra mudiri katta o‘qituvchi toifasiga ega, Mutaxassislik fanlar-1 kafedrasi mudiri katta o‘qituvchi toifasiga ega va “Umumkasbiy fanlar ” kafedrasi kafedra mudiri katta o‘qituvchi toifasiga ega o‘qituvchilar faoliyat olib barayapdi.

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda ilmiy-amaliy konferensiyalarda ishtiroki taminlangan va ularda yaxshi natijalarga erishilgan.

  Urgut Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi AKTni qo‘llagan holda zamonaviy o‘qitish usullaridan foydlanishda 7 ta xonaga televizor 9 ta o‘quv xonalarida kompyuterlar mavjud bo‘lib va 1 ta kompyuter sinf xonasi tashkil qilingan, unda 15 ta kompyuterlar bilan jixozlangan ularning barchasi shisha tolali internet tarmog‘iga ulangan. Bu AKT jixozlaridan dars jarayonlarida va o‘quvchilar darsdan bo‘sh vaqtlarida muntazam foydalanadilar. O’qitish jarayonida quyidagi texnik ta’minotlar mavjud:

  Urgut Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida telekommunikatsion tizim tashkil qilingan bo’lib, mavzuga oid videofilmlar, prezentatsiyalar, multimediya dasturlari, ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar markaziy kompyuterga ulangan televizorlar yordamida namoyish etiladi. O’quv dasturiga asosan tuzilgan o’qitish materiallar to‘plamlaridagi vizual didaktik materiallar uchun mo’ljallangan va o’quv dasturining barcha bo’limlariga to’g’ri keladigan skanerlangan tasvirlarning yagona banki mavjud.

  Urgut Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi ARM kutubxonasi ham 9 ta kompyuterlar bilan jixozlangan, internet tarmog‘iga ulangan. Bu kompyuterlar Samarqand Davlat tibbiyot Universitetining virtual kutubxonasiga ulangan. Bulardan o‘qituvchi va o‘quvchilarimiz doimiy ravshda foydalanadilar.


TALABALAR ILMIY JAMIYATI


  Urgut Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi ilmiy saloxiyatini yaxshilash maqsadida ilmiy kengash tashkil qilingan. O‘quvchi va o‘qituvchilarni uztoz-shogirt an’anasi bo‘yicha biriktirilgan. Bu kengashda turli xil tadbirlar tashkil qilingan. Xozirgi kunda texnikumning o‘quvchilari tuman, viloyatdagi turli musobaqalarda faol ishtirok etib kelmoqda.”Zakovat ”musobaqalarida texnikum jamoasi viloyatda uchunchi o‘rinni egalladi.

  Urgut Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi Samarqand tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda ilmiy –amaliy ishlarni yaxshi yo‘lga qo‘yishi samarali natijalar bermoqda, jumladan Samarqand tibbiyot Universitetida 2022yil 20-21 may kunlari o‘tkazilgan “Fundamental, amaliy tibbiyot va farmatsevtika yutuqlari” mavzusidagi 76-halqaro ilmiy –amaliy konferensiyada faol qatnashib yaxshi natijalarga erishdilar.