×
Menu
  • The State flag of the Republic of Uzbekistan
  • The State Emblem of the Republic of Uzbekistan
Close Menu

Head of internal control and monitoring

Islomov Eldor Tolmasovich


Qabul vaqti:
Tel: (0366) 233-17-57
Faks: (0366)233-71-75
E-mail:
Manzil: Samarqand sh.,Amir Temur k.,18 uy

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti ichki nazorat va monitoring bo‘limi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonilari, Qarorlari va Farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1999 yil 12 yanvardagi 12-sonli “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 1999 yil 29 martdagi “O‘zbekiston respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi qarorlari, Samarqand davlat meditsina instituti rektorining 2017 yil 10 yanvardagi 41-u sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Ish yuritish haqida Nizom”, 2018 yil 18 maydagi 681-u sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Samarqand davlat meditsina institutida jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi haqida Nizom” hamda 2019 yil 20 apreldagi 625 –u sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Samarqand davlat meditsina institutida ish yuritish bo‘yicha Reglament” ga binoan olib boradi.

  Shuningdek bo‘limining faoliyatiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan 2009 yil 30 avgustda tasdiqlangan “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, ularning tarkibiy va hududiy bo‘linmalarida hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish hamda ijro intizomining ahvoli monitoringini olib borish tartibi” bilan belgilangan vazifalar kiradi.

  Ichki nazorat va monitoring bo‘limi bevosita institut rektoriga buysunadi va institutning fakultetlari, kafedralari va boshqa tarkibiy bo‘limlari faoliyatini qo‘yidagi masalalar bo‘yicha nazorat qilish vazifasini bajaradi:

1.O‘quv-uslubiy ishlar;
2.Tarbiyaviy ishlar;
3.Ilmiy tadqiqot ishlari;
4.Ma’naviy-ma’rifiy ishlar;
5.Ijro intizomi ustidan kerakli nazorat olib borish;
6.Kasbiy rivojlanish va ta’lim;
7.Institut rektorining buyruqlari, ilmiy kengash qarorlari ijrosini ta’minlash;
8.Byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larning to‘g‘ri va tejamli sarflanishi ustidan nazoratni ta’minlash;
9.Institut tarkibiy bo‘linmalari moddiy-texnik bazasini urganish va tegishli takliflar kiritish;
10.Direktiv hujjatlarining o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash.

Yuqorida ko‘rsatilgan vazifalar quyidagilar bilan birgalikda amalga oshiriladi:

 • O‘zbekiston Respublikasining Ta’lim to‘g‘risidagi qonuni, yuqori tashkilotlarning qaror va farmoyishlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim va Sog‘liqni saqlash vazirliklarining hay’at qarorlari, buyruqlari, yo‘riqnomalari, xat, modemogramma va telegrammalari, shuningdek institut va fakulьtetlar ilmiy kengashlari qarorlari va farmoyishlari ijrosi ustidan umumiy nazorat qilish;

• ta’lim standartlari monitoringini tashkil etish bo‘yicha amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish;
• ta’lim holati va rivoji bo‘yicha ma’lumotlar bankini yaratish va tartibga solish;
• Vazirlik va idoralarga ta’lim tizimini isloh qilish bo‘yicha takliflar kiritish;
• ASKID tizimini ishlab chiqarishda qo‘llashga yo‘naltirilgan qaror va buyruqlar ijrosini ta’minlash;
• tarkibiy bo‘linmalar faoliyatida aniqlangan xato kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish;
• professor-o‘qituvchilar faoliyatini baholashda reyting usulidan foydalanish;
• O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni, Ta’lim va tarbiyaga oid O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim va Sog‘liqni saqlash vazirliklari va ularning kollegial organlarining buyruq, qaror, farmoyish, modemogramma va ko‘rsatmalarining ijrosi monitoringini yuritish va o‘z vaqtida hisobotini berish;
• tarkibiy bo‘linmalar faoliyatini o‘rganish natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha institut rahbariyatiga xulosa va takliflar berish;
• mas’ul shaxslar tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar shikoyatlari va murojaatlarini qayd etish va ijrosini ta’minlanishi ustidan nazorat yuritish.
  Yuqorida qayd etilgan talablardan kelib chiqib, institut rektori tomonidan direktiv xujjatlarning ijrosi bo‘yicha barcha tarkibiy bo‘linmalar tomonidan oylik, choraklik yarim yillik va yillik hisobotlarni ichki nazorat va monitoring bo‘limiga o‘z vaqtida topshirishlarini ta’minlash maqsadida 2008 yil 4 yanvarda 4-u sonli buyrug‘i e’lon qilingan.
  Ichki nazorat va monitoring bo‘limi dastlab o‘z faoliyatini 1997 yilda nazorat inspektsiyasi sifatida boshlagan. Bo‘lim boshlig‘i lavozimida Erkin Shodiev ishlagan. 2002 yildan nazorat inspektsiyasi bo‘yicha prorektor lavozimi ta’sis etilib, professor Abduraxmon Mamatqulovich Mamadaliev ishlagan. 2005 yildan ichki nazorat va monitoring bo‘limi tashkil etilgan, bo‘lim boshlig‘i lavozimida dotsent Abdufattoh Abdumannovich Abdusalomov, dotsent Qudrat Aymatov, professor Qudrat Asqarov, dotsent Firdavs Sur’atovich Oripov, dotsent Yaxshinar Norbobaevich Allayarov, G’aniyev Utkir G’ulomiddinovichlar ishlagan. 2021-yil 1-fevraldan Islomov Eldor Tolmasovich ishlab kelmoqda. Bo‘limda 2022 yildan bosh mutaxasis lavozimida Isroilova Zuxra Sadriddinovna, 2022-yil yanvar oyidan Saydavetov Asomiddin Meliyevich inspector lavozimida ishlab kelmoqda. Bo’lim 2021-yil 12-maydan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi”,-deya qayta nomlandi.