×
Menu
Close Menu

Kafedra o'quv va o'quv-metodik ishlari

  Kafedrada 3, 4, kurs stomatologiya,4 – kurs tibbiy – profilaktika, 5 – kurs davolash ishi fakulteti, 5 – kurs kasbiy ta’lim fakulteti talabalari « Ogʼiz boʼshlig’i jarrohligi », « Bolalar jarrohlik stomatologiyasi», «Dental implantologiya », «Paradontal xirurgiya », «Stomatologiya » fanlari dasturi asosida taxsil olishadi.

  Kafedrada magistratura va klinik ordinatura yo’nalishi bo’yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash yo’lga qo’yilgan.

CHOP ETILGAN VA CHOP ETILISHGА TАYYOR OʼQUV QOʼLLАNMАLАR

1. Rizayev J.А., Аmxadova M.А., Xazratov А.I., Norboʼtayev А.B., «Stomаtolog qаbulidа shoshilinch xolаtlаrdа tez tibbiy yordаm koʼrsаtish»

  2. Аbduvakilov J.U., Xazratov А.I. «Dental implаntologiya asoslari»

  3. Rizayev J.А., Iordonoshvili A.K., Xazratov А.I., Kubayev А.S., «Chаkkа pаstki jаgʼ boʼgʼimi аrtrologiyasi»

4. Rizayev J.А., Kubayev А.S., Musurmonov F.I., Аxmedov А.А. «Yuz-jаgʼ soxаsi jаroxаtlаrini dаvolаsh»

  5. Furkatov Sh.F., Zoyirov T.E., Elnazarov A.T. «Paradont kasalliklari etiopatogenezi, klinikasi, qiyosiy tashxisi, davolash va profilaktikasi»


CHOP ETILGAN VA CHOP ETILISHGА TАYYOR MONOGRAFIYALAR

  1.Rizayev J.А., Xazratov А.I., Norboʼtayev А.B., «Структурно-функсионалное состояние тканей полости рта и методы ранней диагностики у болных с патологией кишечника»

  2.Rizayev J.А., Norboʼtayev А.B., Xazratov А.I., «Temir tanqisligi holati bilan kechadigan kamqonlikda surunkali parodontitni tashxislash va davolash»

  O’qitish har bir kurs va fakultet uchun quyidagi tasdiqlangan hujjatlar bo’yicha olib boriladi:
– Kvalifikatsion xarakteristika;
– Davlat standarti;
– O’quv dasturi;
– O’quv ishchi dastur;
– Тa’lim texnologiyalariga quyidagilar kiritilgan:
– O’zR SSV №80 buyrug’iga asosan o’zgartirishlar;
– tasdiqlangan tashxis standartlari;
– xalqaro tavsiyalar;
– zamonaviy ta’lim texnologiyalari (grafik organayzerlar, keys texnologiya va proekt usuli).

  O’qitish jarayonida quyidagi texnik ta’minotlar mavjud:
  Telekommunikatsion tizim tashkil qilingan bo’lib, mavzuga oid videofilmlar, prezentatsiyalar, multimediya dasturlari, ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar markaziy kompyuterga ulangan televizorlar yordamida namoyish etiladi. O’quv dasturiga asosan tuzilgan unifitsirlangan o’qitish uchun mo’ljallangan va o’quv dasturining barcha bo’limlariga to’g’ri keladigan skanerlangan tasvirlarning yagona banki mavjud.

  Kafedra kutubxonasi:
• Кutubxonada ingliz, o’zbek va rus tillaridagi 60 dan ortiq o’quv adabiyotlar mavjud.
• Elektron kutubxona darslik, atlaslar, o’quv qo’llanmalar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar va boshqalarni o’z ichiga oladi.
  Talabalar uchun mavzuga oid bemorlarni ultratovush va rentgenologik diagnostika xonalarida ko’rish tashkil etilgan