Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Samarqand davlat tibbiyot universiteti xalqaro reytinglarda ilgarilab bormoqda…

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti bugungi kunda o‘zining xalqaro standartlardagi ta’lim sifati hamda faolligi bilan xalqaro reytinglarda yuqori natijalarni qayd etib kelmoqda.

  Joriy yilning 12-iyun kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan Tailandda o‘tkazilayotgan Global Barqaror Taraqqiyot Kongressi doirasida dunyoning eng nufuzli Times Higher Education reyting agentligining Impact Ranking-2024 yil natijalari e’lon qilindi. Mazkur reytingda dunyoning 125 mamlakatidan ko‘plab nufuzli oliy ta’lim muassasalari ishtirok etdi.

  Shu jumladan, Samarqand davlat tibbiyot universiteti:

BMT SDG 3: Yaxshi salomatlik va farovonlik 401-600, 
BMT SDG 4: Sifatli ta’lim 401-600, 
BMT SDG 1: Qashshoqlik  yo‘q 401-600,
BMT SDG 17: Maqsadlar bo‘yicha hamkorlik 601-800 

o‘rinlarni qayd etib, umumiy hisobda TOP 1000 talikka tomon yana bir pog‘ona yaqinlashdi.

  Samarqand davlat tibbiyot universitetining mazkur reytingda sezilarli darajada yuqorilagani oliygohda ta’lim jarayonlari va yaratilgan sharoitlar jahon standartlari darajasida ekanidan dalolat beradi.