Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​SamDTU Neyroxirurglari Butunjahon Neyroxirurglar Jamiyatlari Federatsiyasi (WFNS) ta’lim kurslarida ishtirok etishdi

  2024-yilning 31-may va 1-iyun kunlari Butunjahon Neyroxirurglar Jamiyatlari Federatsiyasi (WFNS) va O‘zbekiston Neyroxirurglar Assotsiatsiyasi tomonidan Toshkent shahridagi Wyndham mehmonxonasining konferensiyalar zalida ta’lim kurslari tashkil etildi.  

  Yuqori saviyada o‘tkazilgan ta’lim kurslarida Samarqand davlat tibbiyot universiteti Neyroxirurgiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari, klinik ordinatorlari va “Yosh neyroxirurglar” talabalar ilmiy jamiyati a’zolari jamoasi ham ishtirok etishdi. Ta’lim kurslarida shuningdek, Respublikamiz neyroxirurglari bilan bir qatorda Jahonning 10 dan ortiq davlatlaridan 100 dan ortiq ishtirokchilar qatnashdi. Ta’lim kurslarida neyroxirurgiyaning barcha sohalarini to‘liq qamrab olgan 9 ta sho‘ba yig‘ilishlari tashkil etildi va neyroxirurgiyaning eng dolzarb muammolariga bag‘ishlangan 50 dan ortiq ma’ruzalar qilindi.

  Taklif etilgan ma’ruzachi sifatida Samarqand davlat tibbiyot universiteti Neyroxirurgiya kafedrasi mudiri, PhD, dotsent Aliyev M.A. “Cervical trauma and spinal cord injury” va “Lumbar fusion surgery” plenar majlislarida moderator sifatida hamda “Spine Case Discussion” plenar majlisida “Diagnostics and surgery of spinal cord tumors” mavzusida ilmiy ma’ruza bilan qatnashdi.   

  Shuni alohida ta’kidlash kerakki, ushbu o‘quv-amaliy ta’lim kurslari yosh neyroxirurglarning amaliy ko‘nikmalarini yanada rivojlantirishga turtki bo‘ldi.

  Ta’lim kurslari davomida sohaning deyarli barcha yo‘nalishlarida qilingan ilmiy ma’ruzalar o‘z ilmiy yangiliklari, amaliy ahamiyati, qatnashuvchilarning geografiyasi kengligi bilan yanada qiziqarli va foydali bo‘lganligini ta’kidlash mumkin.



SamDTU matbuot xizmati