×
Menu
Close Menu

​SamDTU xodimlari jamoat salomatligi tibbiyot texnikumlari uchun mahorat darslarini oʻtishmoqdalar

  Samarqand davlat tibbiyot universitetini kafedralari hamda Samarqand viloyati jamoat salomatligi texnikumlari oʻrtasida hamkorlik ishlari jadal tarzda rivojlanmoqda. Tomonlar oʻrtasida mavjud oʻzaro hamkorlik rejalariga asosida universitet professor-oʻqituvchilari tibbiyot texnikumlarida turli uchrashuvlar, sayyor maʼruzalar, mahorat darslari va seminarlar, Universitetni yaratilgan shart-sharoitlari bilan tanishuv ekskursiyalarini tashkil qilib kelmoqdalar.

  Oʻzaro hamkorlik rejasiga binoan Ijtimoiy va gumanitar fanlar kafedrasi oʻqituvchilari Ilxom Erkinov, Otamurod Maxmudov va Sharif Umurovlar Samarqand shahri Abu Ali ibn Sino nomidagi Siyob jamoat salomatligi tibbiyot texnikumida oʻquvchilar va oʻqituvchilar uchun mahorat darslarini oʻtkazdilar. Mashgʻulotlarda favqulodda vaziyatlardagi tibbiy yordam koʻrsatishni xususiyatlari va turlari, sanitar ishlov turlari va oʻtkazilish davrlari hamda tibbiyot tarixini antik davrdan hozirgi kunga qadar boʻlgan rivoji, mamlakatimizda tibbiyot sohasidagi islohotlarni mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi. Texnikum talabalari va oʻqituvchilari barcha savollariga javoblar oldilar va tashrif uchun minnatdorchilik bildirdilar.

  Pediatriya fakulteti ichki kasalliklar kafedrasining Pastdargʻom jamoat salomatligi texnikumi bilan oʻzaro hamkorlik ishlari doirasida ikki kunlik seminar oʻtkazildi. Kafedra aʼzolari texnikumning hamshiralik ishi fakulteti 2 kurs talabalari uchun Universitetni simulyatsion markazida amaliy koʻnikmalarni oʻzlashtirish, jumladan EKG tushirish uslubiyati va robot bemorga tez yordam koʻrsatish boʻyicha mashgʻulot oʻtkazdilar. Shuningdek, texnikum bitiruvchilari uchun Universitet muzeyi, axborot-resurs markazi va axborot texnologiyalari markazi faoliyati bilan tanishtirish maqsadida ekskursiyasi tashkil etildi. Amaliy dars va ekskursiyalar qatnashchilarda katta taassurotlar qoldirdi.


SamDTU matbuot xizmati